Kristofer Nolanning yangi filmi qachon premyera qilinishi ma'lum boʻldi

E’lon qilingan sana· 108
Kristofer Nolanning yangi filmi qachon premyera qilinishi ma'lum boʻldi

Oskar mukofoti sovrindori, rejissyor Kristofer Nolanning yangi filmi 2026-yilning 17-iyul sanasida premyera qilinadi. Bu haqda “Deadline” xabar berdi.

Nomi e’lon qilinmagan loyihada bosh rolni Mett Deymon ijro etishi mumkin. Ilgari aktyor Nolan bilan “Interstellar” va “Oppenhaymer” filmlarida birga ishlagan. Bundan tashqari, syujet tafsilotlari ham noma’lum. Nolan, shuningdek, filmning ssenariysini oʻzi yozgan.

Suratga olish ishlari 2025-yil boshida boshlanishi taxmin qilinmoqda. Qayd etilishicha, bu filmda ham “Oppengeymer” prokati bilan shugʻullangan Universal kompaniyasi ishlaydi.

Avvalroq Kristofer Nolan ritsarlik unvonini olgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, rejissyor 96-Oskar taqdirlash marosimida oʻzining fizik olim Robert Oppenhaymer haqidagi biografik filmi uchun birinchi marta Oskar mukofotini qoʻlga kiritgandi.