"Bu maqolani oʻqimay, aslo Jokerni koʻrmang!": "Joker 2" filmi tahlili

E’lon qilingan sana· 282
"Bu maqolani oʻqimay, aslo Jokerni koʻrmang!": "Joker 2" filmi tahlili

Diqqat, spoyler bor.

Insoniyat shu kungacha turli davrlarni boshdan kechirgan. Qaysidir davrda insonning jismoniy holati ko‘p narsani hal qilgan, uning uzoq umr ko‘rishiga, yaxshi yashashiga sababchi bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda siz bilan biz g‘oyalar ustun keladigan, aql-zakovat bilan g‘alaba qozonish mumkin bo‘lgan davrda yashayapmiz. Yashayotgan davrimizning har bir daqiqasi yangidan yangi g‘oyalarga, fikrga to‘la.

Biz yashayotgan davr, ayniqsa so‘nggi 3−5 yil kino olamida g‘oyaviy sustlashgan, zaiflashgan davrga to‘g‘ri keldi. Ijodkorlar yangilik yaratish maqsadida noto‘g‘ri g‘oyalarni uzatadigan zamonda yashayapmiz.

“Joker 2: Ikki kishilik telbalik” filmi shularning orasida yaqqol ajralib chiqqani bo‘ldi. Filmni tomosha qilar ekansiz, undagi dialoglar va hatti-harakatlar orqali personajlar insoniyat uchun o‘ta og‘ir bo‘lgan ishlarni inson miyasiga oddiy ko‘rinishda asta-sekinlik bilan yuklayotganini ko‘rasiz. Oddiygina dialoglarning birida Artur Flek o‘z onasining joniga qasd qilgani haqida kulib gapirganini ko‘ramiz.

Tan olishimiz kerak, u aslida sog‘lom inson emas, lekin filmning g‘oyasi erkinlikka erishish maqsadida hamma narsa qilish kerakligini inobatga oladigan bo‘lsak, bunday epizodlar insoniyat uchun katta halokat ekanligini aytishimiz lozim.

Filmda “Kakku uyasi uzra parvoz”,La-La-Lend" kabi gollivudning kuchli kartinalariga taqlidlar bor. Go‘yoki rejissyor ushbu filmlardan ilhomlangan holda kartina yaratgan. Aslida bunday emas! Kakku uyasida Makmyorfi mustaqil, erkin hayot qanday bo‘lishini hammaga ko‘rsatmoqchi, bunday hayot tarzida naqadar yoqimli ekanini o‘z irodasi bilan ko‘rsatishga urinadi, buni muvaffaqiyatli uddalaydi ham. Lekin Jokerda bu narsani unuting.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, “Joker"ning birinchi qismida Artur Flek Jokerga aylanishiga sabab atrofdagilarning agressiv kayfiyati, unga bo‘lgan munosabati bo‘ladi. Oddiygina maishiy muammolar ortidan u bir yo‘la 5 ta odamning joniga qasd qiladi.

Bir qizni zo‘rlamoqchi bo‘lishganida ularni otib tashlab rohatlanadi, o‘z onasi uni yillar davomida aldab kelgani uchun bo‘g‘ib o‘ldiradi, boshlovchini esa jonli efirda, hammaning ko‘z oldida otib tashlaydi. Jamiyat agressiv ekanligidan taajublangan shaxs nega mana shu jamiyatning oddiy a’zosiga aylanib qoladi, bu qanchalik mantiqqa to‘g‘ri keladi?

Endi esa Nolanning Jokeriga yuzlansak. Uni birinchi navbatda yo‘qotadigan hech narsasi yo‘q! U jamiyatdagi illatlardan zerikkan va uni yo‘q qilish uchun hamma narsaga tayyor. Xoakinning yaratgan obrazida jamiyatdagi oddiy jinoyatchi odamdan nima farqi bor?

Filmdagi Lady Gaga esa to‘yga chaqirilgan otarchi kabi, film uchun hech qanday ahamiyati yo‘q. Xuddiki u faqat uning ehtiroslari bilan o‘ynashgani kelgan… ammo katta ehtimol bilan film u siz ham chiqardi.

Kartinadagi “ikki kishilik telbalik” gapi esa asosan Joker va Artur Flekga atalgan. Chunki Artur butun film davomida sud zalida Joker bo‘lib qoladimi yoki Arturga qaytadimi savoliga javob bermoqchi bo‘ladi. Bu narsani ko‘rsatish uchun rejissyor shunday mantiqsiz epizodlarni tasvirga olganki, ularni birma-bir ta’riflab o‘tirgim kelmadi. Mayli bittasini aytaman.

Jokerni film davomida oqlamoqchi bo‘ladi. Mantiqsizlikga e’tibor bering, U 6 ta odamni o‘ldirgan, ulardan bittasi o‘z onasi. Jamiyat uchun potensial xavfli odamni ular sud zalida oqlamoqchi bo‘lishadi…

Ikkinchi mantiqsizlik, sud jarayoni paytida uning advokati Arturni oqlashda qatnashmasligini bildiradi va keyingi epizodda Artur ya’ni aqldan ozgan odamga o‘zini oqlashga ruhsat berib o‘ziga o‘zi advokatlik qilishiga izin beriladi! Rostanmi? Qayerda ko‘rgansiz bunaqasini? Bu axir ko‘r odamga ma’lum voqeaga guvohlik berish bilan barobar-ku. Yetmaganiga, u Joker obrazida ya’ni qizil kostyumlarda sud zalida o‘tiradi. Bunisi endi ochiqchasiga masxarabozlik.

Bir so‘z bilan aytganda rejissyor o‘ziga xos arthouse yarataman deb artaxlat yaratdi, men uni shunday ta’riflashga majburman.

Siz esa bu spoylerli tahlildan keyin ham filmga bilet sotib olib kinoteatrda ko‘rmoqchi bo‘lsangiz iltimos to‘xtang, biz qilgan xatodan ibrat oling.

Abdullajon Yusupov
Muallif
Abdullajon Yusupov