"Archalar" filmining 11-qismi treyleri e'lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 155
Yangi yil bayrami arafasida chiqariladigan “Archalar” franshizasining o‘n birinchi qismi treyleri e’lon qilindi. Kinokartinaning premyera sanasi 19-dekabrga moʻljallangan.
Filmda rollarni Dmitriy Nagiyev, Ruzil Minekayev, Valentina Mazunina, Irina Pegova, Viktor Xorinyak, turk aktyori Burak Ozchivit va boshqalar ijro etgan. Kinokartina rejissyorlari Aleksandr Kott va Aleksandr Karpilovskiy hisoblanadi.
“Archalar” yangi yil filmlari franshizasi 2010-yilda rejissyor va prodyuser Timur Bekmambetov tomonidan boshlangan. “Archalar"ning 10-qismi 2023-yilning dekabr oyida premyera qilingan va prokatda 385 million rubl yiqqan.