2024-yil oktyabr oyida uyda qanday filmlar koʻrish mumkin?
Kuz — issiq ichimlik, adyol va qiziqarli shoular bilan oʻtkaziladigan oqshomlar uchun ajoyib payt. Oktyabr oyi esa tomoshabinlarga ko‘plab qiziqarli yangiliklarini taqdim etadigan bo‘ldi. Ko‘rish shart boʻlgan qaysi loyihalarni roʻyxatga kiritish kerak? Ushbu maqolada oktyabr oyining eng koʻp kutilgan premyeralari keltirilgan.
Kuz — issiq ichimlik, adyol va qiziqarli shoular bilan oʻtkaziladigan oqshomlar uchun ajoyib payt. Oktyabr oyi esa tomoshabinlarga ko‘plab qiziqarli yangiliklarini taqdim etadigan bo‘ldi. Qiziq ko‘rish shart boʻlgan roʻyxatga qaysi loyihalarni kiritish kerak? Ushbu maqolada oktyabr oyining eng koʻp kutilgan premyeralari keltirilgan.
Filmlar
“Жребий”
Salem’s Lot
Janr: qoʻrqinchli, triller.
Premyera sanasi: 3-oktyabr kuni Max platformasida.
Sizni bilmadigu, biz Stiven King asarlarining ekranizatsiyasini sogʻinib qolgandik. Bu safar biz mashhur “Жребия Салема"ning yana bir ekranizatsiyasini ko‘ramiz, u oddiygina “Жребий” deb tarjima qilingan. Ya’ni har ikkinchi horror film nomini MDH uchun moslab “Проклятие,” “Заклятие” hamda “Астрал"ga aylantirish va shu orqali tomoshabinlarni chalg‘itish — to‘g‘ri, film haqida aniq tasavvur berishi uchun uni kitob nomi bilan atash — yaxshi emas. Tushundik.
Sinopsis: Ben Meyers — yangi kitobi uchun ilhom izlab, o‘zi tug‘ilgan kichikroq Quddus-Lot shahriga qaytgan yozuvchi. Bu shaharda odamlar va hatto butun oilalar bedarak yo‘qolmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, shaharda vampirlar yashaydi.
“Задержи дыхание”
Hold Your Breath
Janr: qoʻrqinchli, triller, drama.
Premyera sanasi: 3-oktyabr kuni Hulu platformasida.
Katta kinoda debyut qilgan Kerri Kruz va Uill Joynsning sentyabr oyida Torontoda bo‘lib o‘tgan Xalqaro kinofestivalda premyera qilingan horror filmi. Film xaypga uchramadi, ammo bunday festivallarda yomon kinolar ko‘rsatilmaydi. Bu loyihada strimingda natijaga erishish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Filmning ijobiy tomonlari orasida taranglik va kasalliklar bilan bog‘liq paranoyya hissi alohida qayd etiladi. Loyiha kovid davri bilan bog‘liq Vyetnamcha fleshbeklarga sabab boʻlishi ehtimoldan yiroq emas.
Sinopsis: 1930-yillar, Oklaxoma shtati. Shaharda qum bo‘ronlari avj olib, mahalliy aholi halok bo‘lmoqda. Biroq yosh ayol kulrang odam deb ataladigan sirli mavjudot uning oilasi uchun o‘lim xavfi ekanligiga ishonadi.
“Платформа 2”
El hoyo 2
Janr: fantastika, triller, drama.
Premyera sanasi: 4-oktyabr kuni Netflix platformasida.
Bu Netflix tarixidagi eng mashhur ispan tilidagi filmning to‘g‘ridan-to‘g‘ri davomi, shuningdek, loyiha ustida birinchi filmni yaratgan ijodkor ishlagan. Xursand boʻlishga arziydi, ammo bizni sikvel kutayotgan ekan, demak Gorrengning xabari “Platforma” rahbarlari tomonidan munosib javob javobga loyiq koʻrilmagani tashvishga soladi. U sikvolda koʻrinish beradimi yoʻqmi, bu noma’lum. Chunki bosh rollarni butunlay boshqa aktyorlar (Milena Smit va Xovik Keuchkeryan) ijro etadi, ammo to‘plangan barcha savollar sikvelni zavq bilan kutishga majbur qiladi.
Sinopsis: sirli odam “Platforma"da yangi qonun oʻrnatdi, ammo doʻzaxda adolatga erishish mumkinmi? Va buni kim nazorat qiladi?
“Одинокая планета”
Lonely Planet
Janr: drama, melodrama.
Premyera sanasi: 11-oktyabr kuni Netflix platformasida.
Qisqacha aytganda, film bugungi kunda noto‘g‘ri talqin qilinayotgan afsonaviy va hammaga tanish bo‘lgan “sevgiga barcha yoshdagilar bo‘ysunadi” iborasining timsolidir. Bosh rollarni Laura Dern va Liam Xemsvort ijro etgan. Dernning o‘zi yosh odam va keksa odam o‘rtasidagi munosabatlar dinamikasini “sizni chinakamiga ko‘radigan va tushunadigan odamni izlash ham chuqur insoniy va koʻngilga yaqin holat”, deb ta’riflaydi. Umid qilamizki, ekranda bema’nilik sodir bo‘lmaydi, buni esa tez orada bilib olamiz.
Sinopsis: yozuvchilik faoliyatidan chetlashgan adiba ijodiy inqirozni yengish umidida Marokashdagi nufuzli yozuvchilar dam olish maskani — retritga tashrif buyuradi. Bu yerda tanishgan yigit bilan munosabatlari esa yorqin sevgi romaniga aylanib ketadi.
“Братья”
Brothers
Janr: jangari, komediya.
Premyera sanasi: 17-oktyabr kuni Prime Video platformasida.
Tug‘ishgan aka-ukalar rolini o‘ynagan Piter Dinkleyj va Josh Brolin ishtirokidagi yangi komediya treyleri maksimal darajada absurd ko‘rinadi va shunisi bilan ham qiziqarli. Yana Brendan Freyzer, Glenn Klouz va Marisa Tomey filmda koʻrinish beradi. Kinokartina rejissyori Maks Barbakov boʻlib, u ajoyib “Зависнуть в Палм-Спрингс” filmini ishlagan, shuning uchun uning “Братья” kinosining kulgililigi va absurdligiga shubha qilmasa ham bo‘ladi.
Sinopsis: bu toʻgʻri yoʻlga qaytgan jinoyatchining hikoyasi. Uning toʻgʻri yo‘lga kirishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, aqli rasolik tekshiruvidan o‘tgan egizak akasi bilan birlashadi va hayotida eng esda qolarli bo‘ladigan sayohatga otlanadi. Ular oʻq, qonun va hukmron onadan qochar ekan, bir-birini o‘ldirishdan oldin uzilgan oilaviy rishtalarni tiklashi kerak.
Seriallar
“Франшиза”
The Franchise
Janr: komediya.
Premyera sanasi: 6-oktyabr kuni Max platformasida.
Loyiha Gollivud va superqahramonlik janrining eskirganligining ustidan kulish maqsadida yaratilmoqda. To‘g‘ri, ijodkorlar bunday gʻoyani amalga oshirishda biroz kechikishdi, ammo agar loyiha oʻz-o‘zini chegaralamasa va axloq doirasiga qamalmasа, yilning eng yaxshi seriallaridan birini ko‘rishimiz mumkin. Bosh rollarda Ximesh Patel, Billi Magnussen, Aya Kesh, Daniel Bryul va Richard E. Grant o‘ynagan.
Sinopsis: Tasvirga olish guruhi tezlik bilan oʻz mashhurligini yoʻqotayotgan franshiza uchun film suratga olishga harakat qiladi. Uzoq sabr talab etadigan loyihani yaratishda hamkasblar juda koʻp muammolarga duch kelishadi.
“Дорогуша” (mini-serial)
Sweetpea
Janr: drama, komediya.
Premyera sanasi: 10-oktyabr kuni STARZ platformasida.
“Arkeyn” va “Follaut” seriallarining yulduzi bo‘lgan Ella Pernell yana qotillik va qasos haqidagi dramada namoyon bo‘ladi. Maftunkor va intrigaga boy, bu yerda boshqa qoʻshimcha qilishga hojat yoʻq.
Sinopsis: introvert va yuvosh Riannon atrofdagilarga sezilmaydigan va ular uchun qulay odam bo‘lishga odatlangan. Bir kuni qizning sabr-toqati tugaydi. Unga g‘azabini sochgan notanish kishini o‘ldiradi va oʻz hayotini rasvogarchilikka toʻldirganlarning barchasini jazolashga qaror qiladi.
“Все совпадения случайны” (mini-serial)
Disclaimer
Janr: triller, drama.
Premyera sanasi: 11-oktyabr kuni Apple TV+ platformasida.
“Дитя человеческое”, “Гравитация”, “Рома” va “Garri Potter” kinoolamining eng yaxshi qism (bu fikrga qo‘shilmaydigan barcha bilan bahslashishga tayyormiz) rejissyori Alfonso Kuaron faoliyatidagi uzoq tanaffusdan so‘ng Apple TV+ uchun o‘zining mini-serialini yaratishga qaror qildi. Garchi Venetsiya kinofestivalidagi premyera katta muvaffaqiyat qozonmagan bo‘lsa-da, Kuaronni xronometraj uchun tanqid qilishgan, loyiha hamon bu oydagi eng kutilayotgan seriallardan biri bo‘lib qolmoqda. Serialda Keyt Blanshett, Lesli Menvill, Sasha Baron Koen va Kodi Smit-Makfi rol o‘ynagan.
Sinopsis: mashhur telejurnalist oʻzi yashirmoqchi boʻlgan sirni ochib beradigan romanning asosiy qahramoni ekanligini bilib qoladi.
“Офис: Австралия”
The Office
Janr: komediya.
Premyera sanasi: 18-oktyabr kuni Prime Video platformasida.
Avstraliyaliklar o‘zlarini amerikaliklardan koʻra kulgiliroq deb o‘ylashdi. Shubhali ishonch, ammo amerikacha remeyk inglizcha asl nusxadan ko‘ra ancha mashhur ekanini hisobga olsak… yo‘q, kengurlar aniq burgutni yuta olmaydi.
Sinopsis: “Flinley Craddick” qadoqlash kompaniyasi filiali menejeri Xanna Xovard o‘z filiali yopilishi va barcha xodimlar masofadan ishlashga o‘tkazilishi haqida xabar olganida, “ishchi oila"ni birgalikda saqlab qolish uchun hamma narsani qiladi.
“Истерия!”
Hysteria!
Janr: qoʻrqinchli, triller.
Premyera sanasi: 18-oktyabr kuni Peacock platformasida.
Agar sizga “Stranger Things” serialining to‘rtinchi mavsumi yoqqan bo‘lsa va 80-yillarda Amerikada milliy vahimaga sabab bo‘lgan satanizm mavzusi qiziq bo‘lsa, unda “Истерия!” aynan siz uchun. Bosh rollarni Bryus Kempbell, Nolan Nort, Juli Bouen va Milli Shapiro ijro etgan.
Sinopsis: 1980-yillar. Kichik shaharchagi o‘smirlardan iborat “heavy-metal” guruhi o‘zlarini satanistlar deb e’lon qilishadi. Barcha sevgan yosh kvoterbek yo‘qolgach, shahar aholisi okkultizm haqida ko‘proq bila boshlaydi, bu esa dahshatli oqibatlarga olib keladi.
“Подобный дракону: Якудза”
Ryu ga Gotoku: Beyond the Game
Janr: jangari, kriminal.
Premyera sanasi: 24-oktyabr kuni Prime Video platformasida.
“Yakuza” — Yaponiyaning jinoyat olami haqida hikoya qiluvchi juda noadekvat, ammo kultga aylangan video o‘yinlar seriyasi. Serial tomoshabinlariga esa ko‘plab dramatik va o‘tkir syujetli lahzalar va’da qilinadi, ammo unda bema’ni yumorga ham o‘rin topiladi.
Sinopsis: serial voqealari ikki vaqt oralig‘ida — 1995-yilda, Kazuma Kiryuning oʻsmirligida va 2005-yilda, u yakuzaning to‘laqonli a’zosi boʻlib, hatto qamoqda o‘tirishga majbur bo‘lgan vaqtda sodir bo‘ladi.
“Преступление и наказание”
Janr: drama, jinoiy.
Premyera sanasi: 26-oktyabr kuni “Kinopoisk” platformasida.
Raskolnikovni sogʻindingizmi? U esa sizni sogʻindi! Dostoyevskiy qalamiga mansub “Jinoyat va jazo” asarining yangi ekranizatsiyasi bizni zamonaviy davrga olib boradi, ammo “Kinopoisk” rejissyor Vladimir Mirzoev va aktyor Ivan Yankovskiy bilan birgalikda loyihani qanday eplashi qiziq. Ikkinchi planda Vladimir Mishukov, Lyubov Aksenova, Tixon Jiznevskiy va Yuliya Snigirni koʻrish mumkin.
Sinopsis: kambagʻal talaba Rodion kampirni falsafiy sabablarga koʻra oʻldiradi. Hushyor tergovchi Porfiri darhol qahramonning aybini koʻradi, lekin jinoyatchining samimiy tan olishini xohlaydi va bu uchun harakat qiladi.
Serialning davomi:
“Терапия”, 2-mavsum, 16-oktyabrdan Apple TV+ platformasida.