Ledi Gaga "Joker: Ikki kishi uchun telbalik" filmi boʻyicha yangi albom chiqaradi

E’lon qilingan sana· 86
Ledi Gaga "Joker: Ikki kishi uchun telbalik" filmi boʻyicha yangi albom chiqaradi

Oskar va Gremmi mukofotlari sovrindori Ledi Gaga yangi “Harleyquin” musiqiy albomi chiqarilishini e’lon qildi. Plastinka Ledi Gaga Xarli Kvin rolini o‘ynagan “Joker: Ikki kishi uchun telbalik” filmidan ilhomlanib, yaratilgan.

Albom 13 ta kompozitsiyadan iborat bo‘ladi. Unda yangi qo‘shiqlar ham, mashhur xitlarning, jumladan, Judi Garlendning “Get Happy” va Frenk Sinatraning “That's Life” kaverlari ham mavjud. “Harlequin” albomini 27-sentyabrdan boshlab barcha platformalarda eshitish mumkin boʻladi.

Rejissyor Todd Fillip tomonidan suratga olingan “Joker: Ikki kishi uchun telbalik” filmi Artur Flekning (Xoakin Feniks) “Arkxem” shifoxonasi bemori Li Kuiznel (Ledi Gaga) bilan tanishuvi haqida hikoya qiladi. Kinokartina 81-Venetsiya kinofestivalini ochib berdi va tanqidchilarning har xil fikrlariga sabab boʻldi.

Film Oʻzbekistonda 3-oktyabr kuni premyera qilinadi. Chiptalarni Afisha.uz saytidan xarid qilish mumkin boʻladi.

Джокер: Безумие на двоих

Джокер: Безумие на двоих
Original nomi
Joker: Folie à Deux
Janr
drama, triller, kriminal
Vaqt
138 daqiqa / 2 s. 18 daqiqa
Premyera
3-oktabr 2024 (O‘zbekiston) / 4-sentabr 2024 (Jahon)
Reyting
IMDB 5.3Kinopoisk 5.9
Yosh
  • R
Rejissyor
Todd Fillips