Anons

"Destination: Tashkent" kinofestivali doirasida arxiv hujjatlari va tarixiy ashyolar ko‘rgazmasi

E’lon qilingan sana· 27
"Destination: Tashkent" kinofestivali doirasida arxiv hujjatlari va tarixiy ashyolar ko‘rgazmasi

Mark Vayl nomidagi “Ilhom” teatrida “Destination: Tashkent” kinofestivali doirasida arxiv materiallari va artefaktlar ko‘rgazmasi boʻlib oʻtmoqda.

Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Milliy kino-foto va fonohujjatlar arxividan olingan tarixiy fotosuratlar orqali Toshkentdagi Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi kinosi festivalini (1968−1988) namoyish etadi. Ushbu tasvirlar bilan bir qatorda, tashrif buyuruvchilar festival tarixini aks ettiruvchi artefaktlar va arxiv kino kadrlarini ham ko‘rishlari mumkin.

Mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston kino, foto va fono hujjatlar milliy arxivi, “Davra” jamoasi, Durdona Qulmatova va Elyor Ne’mat bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Ko‘rgazmaning ochilishi 20-sentyabr kuni soat 18:00 da bo‘ladi.

Kirish bepul.