"Kalmar oʻyini" seriali 2-mavsumining tizeri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 2 029
"Kalmar oʻyini" seriali 2-mavsumining tizeri e'lon qilindi

Netflix striming platformasi katta mashhurlikka erishgan koreys seriali “Kalmar o‘yini"ning tizerini e’lon qildi. Ikkinchi mavsum 26-dekabr kuni premyera qilinadi.

“Emmi” mukofoti sovrindori Li Jong Je bosh qahramon Son Gi Xun roliga qaytgan. Serialda omon qolish uchun yangi turnir va qahramonning o‘yinga chek qo‘yishga urinishlari haqida hikoya qilinadi.

“Kalmar o‘yini” serialining birinchi mavsumi 2021-yilda premyera qilingan va Netflix tarixidagi eng ko‘p ko‘rilgan shou boʻlgandi. Serial 2025-yilda uchinchi mavsum chiqarilgandan soʻng yakunlanadi.