Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (19-sentyabr)

E’lon qilingan sana· 815
Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (19-sentyabr)

Oʻzbekiston kinoteatrlarida 19-sentyabrdan “Хеллбой: Проклятие Горбуна” jangari filmi, “Трансформеры: Начало” multfilmi, “Зачетная принцесса” komediyasi va boshqa yangi kinolar namoyishi boshlandi.


“Хеллбой: Проклятие Горбуна”

1950-yillarda Appalachi qishlog‘ida qamalib qolgan Xellboy va BPRDning (Bureau for Paranormal Research and Defense) yangi agenti mahalliy oqsoqol, Xellboyning o‘tmishi bilan aloqador bo‘lgan iblis boshchiligidagi jodugarlar yashaydigan kichik jamoani topadilar.

Chipta sotib olish.


“Трансформеры: Начало”

Yosh Optimus Praym va Megatron quroldosh aka-ukalardan ashaddiy dushmanlarga aylanadi.

Chipta sotib olish.


“Зачетная принцесса”

Sariq sochli Shantal bloger bo‘lishni orzu qiladi. Ammo uning barcha g‘oyalari barbod bo‘ladi. Bir kuni mo‘jiza ro‘y berib, qiz ertaklar olamiga tushib qoladi. U yerda u malikaga aylanadi va layklar hamda virusli kontent yaratish uchun haqiqiy tartibsizlikni keltirib chiqaradi.

Chipta sotib olish.


“Субстанция”

Gollivud yulduzi Elizabet Sparklning shon-shuhrati, garchi u hali ham televideniyeda mashhur fitnes shousini olib borsa-da, o‘tmishda qoldi. Uning shousini yangi yulduz bilan qayta ishga tushirmoqchi bo‘lishganida, Elizabet noyob “Substansiya” preparatini qabul qilishga qaror qiladi. Shunday qilib, yosh va goʻzal Syu dunyoga keladi. Biroq mukammallikning o‘z bahosi bor va buning toʻlovi uzoq kutishga majbur qilmaydi.

Chipta sotib olish.


“Астрал. Шёпот мертвых 2”

In-xi ismli ayolda maktab yillari bilan bogʻliq hech qanday xotira yo‘q. Lekin bir vaqtlar o‘qigan maktabiga ishga joylashganda va u yerda g‘alati voqealar sodir bo‘la boshlaganda, xotirasi asta-sekin qaytadi.

Chipta sotib olish.