Emmi mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 181
Emmi mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

2024-yilgi gʻolib "FX" va "Hulu" kompaniyalari ishlagan "Shogun" seriali boʻldi.

16-sentyabrga oʻtar kechasi “Emmi 2024” marosimining asosiy qismi boʻlib oʻtdi, unda oʻtgan yilning eng yaxshi teleloyihalar taqdirlandi. 2024-yilgi gʻolib “FX” va “Hulu” kompaniyalari ishlagan “Shogun” seriali boʻldi. U taqdirlash oldidan o‘tkazilgan marosimda 14 ta mukofotni qo‘lga kiritib, bitta shou uchun eng koʻp Emmi yutgan loyihaga aylandi. Shuningdek, serial asosiy toifalar bo‘yicha yana to‘rtta mukofotni qo‘shib oldi.

Mukofot qoʻlga kiritgan loyihalar:

  • Eng yaxshi dramatik serial: “Shogun”;
  • Dramtik serialdagi eng yaxshi aktrisa: Anna Savayi — “Shogun”;
  • Dramtik serialdagi eng yaxshi aktyor: Xiroyuki Sanada — “Shogun”;
  • Dramtik serialdagi eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa: Elizabet Debiki — “The Crown”;
  • Dramtik serialdagi eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor: Billi Krudap — “The Morning Show”;
  • Eng yaxshi komedik serial: “Hacks”;


“Shogun”

  • Komedik serialdagi eng yaxshi aktrisa: Jin Smart — “Hacks”;
  • Komedik serialdagi eng yaxshi aktyor: Jeremi Allen Uayt — “Bear”;
  • Komedik serialdagi eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa: Liza Kolon-Zayas — “Bear”;
  • Komedik serialdagi eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor: Ebon Moss-Bakrak — “Bear”;
  • Eng yaxshi mini-serial: “Fawn”;
  • Mini serial/antologiya/telefilmdagi eng yaxshi aktrisa: Jodi Foster — “True Detective: Night Country”;


“Bear”

  • Mini serial/antologiya/telefilmdagi eng yaxshi aktyor: Richard Gedd — “Fawn”;
  • Miniserial/antologiya/telefilmdagi eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa: Jessika Ganning — “Fawn”;
  • Miniserial/antologiya/telefilmdagi eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor: Lamorn Morris — “Fargo”;
  • Drama serialidagi eng yaxshi rejissyorlik ishi: Frederik I. O. Toy — “Shogun”;
  • Drama serialidagi eng yaxshi ssenariy: Uill Smit — “Slow Horses”;
  • Komedik serialidagi eng yaxshi rejissyorlik ishi: Kristofer Storer — “Bear”;


“Fawn”

  • Komedik serialdagi eng yaxshi ssenariy: Lyusiya Anyello, Pol U.Dauns, Jen Statski — “Hacks”;
  • Mini serial/antologiya/telefilm uchun eng yaxshi rejissyorlik ishi: Stiven Zellian — “Ripley”;
  • Mini serial/antologiya/telefilm uchun eng yaxshi ssenariy: Richard Gedd — “Fawn”;
  • Eng yaxshi realiti-shou (tanlov): “The Traitors”;
  • Eng yaxshi koʻngilochar loyiha (jonli efir): “96-Oskar mukofoti taqdirlash marosimi”.

“Emmi” — Amerika Qoʻshma Shtatlarida taqdim etiladigan xalqaro televizion mukofot. “Emmi” Oskar (film uchun), “Grammy” mukofotlari (musiqa uchun) va “Toni” mukofotlari (teatr uchun)ning televizion ekvivalenti hisoblanadi.