Toshkentda “Pandemiya” filmining katta premyerasi boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 653
Toshkentda “Pandemiya” filmining katta premyerasi boʻlib oʻtadi

10-sentyabr kuni soat 18:00da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida (sobiq Panorama) “Pandemiya” badiiy filmining katta premyerasi boʻlib oʻtadi.

Kinokartina Kinematografiya agentligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi hamkorligida “Yagona Cinema” studiyasi tomonidan yaratilgan.

Filmda bosh rolni Matyoqub Matchonov ijro etgan. Shuningdek, kartinada Tamara Mirmaqsudova, Aysanem Yusupova, Saidkomil Umarov, Farhod Abdullayev, Bahodir Musayevlar suratga tushgan.

Film 2020−2021-yillarda butun dunyoga, xususan, O‘zbekiston aholisi hayotiga xavf solgan Covid-19 virusi va uning mamlakatdagi tibbiyot sohasiga taʼsiri haqida hikoya qiladi.

Ssenariy muallifi Husnillo Jomonqulov, rejissyor Abu Tolib Adamqulov, operatorlar Dilmurod Turdiboyev va Alisher Ahmedov, prodyuser Abror Nabiyev.

Kirish bepul, joylar soni cheklangan.