"Samo farzandlari" filmi rejissyori Toshkentga kelishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 237
"Samo farzandlari" filmi rejissyori Toshkentga kelishi kutilmoqda

Eronlik mashhur rejissyor Majid Majidi Toshkentga kelishi kutilmoqda. Bu haqda Toshkent xalqaro kinofestivali Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Majid Majidi XVI Toshkent xalqaro kinofestivalining mehmoni bo‘lishi kutilmoqda. Uning mashhurligi 1990-yillarning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi.

Rejissyorning “Samo farzandlari” filmi 1998-yilda “Eng yaxshi xorijiy tildagi film” yo‘nalishi bo‘yicha Oskar mukofotiga nomzodi qoʻyilgan. Bundan tashqari, Majidining 1999-yildagi “Jannat guli” va 2001-yildagi “Yomg‘ir” filmlari Monreal kinofestivalida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, Afisha.uz avvalroq eng yaxshi Eron filmlari haqida maqola e’lon qilgandi.