Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (29-avgust)

E’lon qilingan sana· 572
Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (29-avgust)

Oʻzbekiston kinoteatrlarida 29-avgustdan boshlab, “Ларго Винч: Гнев прошлого” jangari filmi, “Меган: К вашим услугам” trilleri va “Лунтик. Возвращение домой” multfilmi namoyishi boshlanadi.


“Ларго Винч: Гнев прошлого”

Oilaviy ta’til paytida milliarder Largo Vinchning oʻgʻli oʻgʻirlab ketiladi. Shu bilan birga, Largo qotillikda ayblanadi. U xalqaro razvedka idoralari tomonidan qidiruvga berilgan. Largoning biznes imperiyasi parchalana boshlaydi. U bir-biriga oʻxshamaydigan voqealar qanday bogʻlanganini va oilasining oʻtmishiga kirib borishini tushunish orqaligina sirli va qudratli dushmanga qarshi chiqa oladi va oʻgʻlini qutqaradi.

Chiptalarni sotib olish.


“Лунтик. Возвращение домой”

Luntik va uning doʻstlari ishtirokidagi yangi sarguzashtlar, shu bilan birga chigirtka Kuzi, Ari, kapalak Elina, yashil qurtlae Vupsnya va Pupsnya hamda boshqalar ekranlarga qaytmoqda. Bu safar quvnoq jamoa Luntikga onasini topishga va Oyga uyga qaytishga yordam berishga qaror qiladi. Buning uchun Luntik sarguzashtlar va xavf-xatarlarga toʻla Qora toqqa chiqishi kerak. Doʻstlar qiyin sinovlarni boshidan oʻtkazadi, ammo sodiq oʻrtoqlar har qanday toʻsiqlarni yengib oʻtishga qodir boʻladi.

Chiptalarni sotib olish.


“Меган: К вашим услугам”

Nikning rafiqasi kasalxonada ogʻir ahvolda yotgan bir paytda, uning oʻrnini yuqori texnologiyali robot Megan egallaydi. Ammo undagi sovuq sun’iy intellekt shunchaki oʻrnini bosishni istamayotganga oʻxshaydi. Megan bu oilaning bir qismi boʻlib qolish uchun barcha ishni qiladi. Hatto oʻz xohishlariga qarshi boradi.

Chiptalarni sotib olish.


“Оно слушает”

Kertis va uning oilasi inqilobiy uy qurilmasini, Aya deb nomlangan yangi raqamli oila yordamchisini sinab koʻrish uchun tanlanadi. Ushbu texnologiya aqlli uy tushunchasini yangi bosqichga olib chiqadi. Qurilmaning oʻzi, uning barcha sensorlari va kameralari uyga oʻrnatilgach, Aya hamma narsani qilishni boshlaydi. U tezda oʻrganadi va oilaning xatti-harakatlarini eslaydi, ularning har qanday ehtiyojlarini oldindan koʻra boshlaydi. Va u hech narsa (va hech kim) oilaga xalaqit bermasligiga harakat qiladi.

Chiptalarni sotib olish.


“Паранормальные явления: Обитель зла”

Paranormal harakatlarni oʻrganayotgan bir qancha mashhur videoblogerlar jinlar ta’sir qilgan odamlar saqlanadigan sobiq ruhis kasalliklar shifoxonasiga borishadi. Bu jarayonda ular o‘zlarining o‘tmishdoshlari o‘z joniga qasd qilgan bemorlarning ruhlarini chaqirish marosimini o‘tkazganini bilishadi.

Chiptalarni sotib olish.