Shifokorlar haqidagi “Qariqiz” filmi premyerasi boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 2 422
Shifokorlar haqidagi “Qariqiz” filmi premyerasi boʻlib oʻtadi

O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida Kinematografiya agentligi, Toshkent viloyati hokimligi hamda Last-Media studiyasi hamkorligidagi shifokorlar hayoti haqida hikoya qiluvchi “Qariqiz” filmining katta premyerasi boʻlib oʻtadi.

Film hayotda oʻz yoʻlini izlayotgan boʻlajak shifokorning hayotiy sinovlari haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon turmushga chiqish va oʻqishni davom ettirish orasidagi muhim tanlovni amalga oshiradi va bu tanlov oʻzini oqlaydi.

Film bosh rolda Aysanem Yusupova, shuningdek, Saida Rametova, Mashhura Zulfiqorova, Tolib Moʻminov, Otabek Haqberdiyev, Behruz Toxirov, Saida Saidbekova kabi aktyor va aktrisalar rol ijro qilgan. Kinokartinaning qator epizodlari Turkiyada ham suratga olingan.

Film premyerasi 27-avgust kuni soat 18:00da boʻlib oʻtadi.

Kirish barcha uchun bepul.