Gyoteda kinoga qiziquvchilar uchun bepul mahorat darsi tashkil etiladi

E’lon qilingan sana· 318
Gyoteda kinoga qiziquvchilar uchun bepul mahorat darsi tashkil etiladi

6−7 sentyabr kunlari Gyote instituti tomonidan Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari Milliy arxivi bilan hamkorlikda dekolonial metodologiyalarga bagʻishlangan ikki kunlik mahorat darsi tashkil etiladi.

Mahorat darsi Soup.collective.soup bilan hamkorlikda kino ijodkorlari va arxiv tadqiqotlariga qiziqqan va arxiv materiallarini ijodiy loyihalarga integratsiyalash usullarini taklif qiluvchilar uchun moʻljallangan.

Ta’kidlanishicha, ushbu mahorat darsi Toshkent xalqaro kinofestivalining bir qismi sifatida Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari Milliy arxivida oʻtkaziladi.

Dastur ingliz tilida boʻlib oʻtadi. Soʻrov boʻyicha oʻzbek va rus tiliga tarjima qilinadi. Ishtirok etish uchun soup.collective.soup@gmail.com elektron manzilga aloqaga chiqish talab qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati 30-avgust hisoblanadi.