Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (15-avgust)

E’lon qilingan sana· 340
Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (15-avgust)

15-avgust kuni Oʻzbekiston kinoteatrlarida “Чужой: Ромул” fantastik qoʻrqinchli filmi, “Мой пингвин” dramasi va boshqa yangi kinokartinalar namoyishi boshlandi.


“Чужой: Ромул”

Tashlab ketilgan kosmik stansiyani oʻrganayotgan bir guruh kosmik mustamlakachilar olamdagi eng dahshatli hayot shakliga duch keladi.

Seanslar jadvali.


“Ози: Голос джунглей”

Yongʻin tufayli oilasidan ajralib qolgan Ozi maymunlar qoʻriqxonasida yashaydi va oʻz blogida butun dunyoni bu joylarning maftunkor tabiati bilan tanishtiradi. Ammo Ozi ota-onasi tirikligini va oʻrmon xavf ostida ekanligini bilib, tropik oʻrmon boʻylab hayajonli sarguzashtga kirishadi. Yangi doʻstlar yordamida u hatto birgina ovoz ham dunyoni oʻzgartirishi mumkinligini bilib oladi.

Seanslar jadvali.


“Мой пингвин”

Kunlarning birida qaygʻuga botgan baliqchi adashib, oʻz toʻdasidan qolib ketgan yosh pingvinni topib oladi. Ushbu uchrashuv nihoyatda kuchli doʻstlikka aylanadi.

Seanslar jadvali.


“Герцогиня”

Bir paytlar uni oddiygina Skarlett deb chaqirishardi, ammo hozir gersoginya sifatida bilishadi. U nafaqat jinoiy olamni oʻzgartirib yuborgan, balki olmos kontrabandasi biznesini ham egallab olgan ayol hisoblanadi. Oʻz ortidan qon izini qoldiradigan ayol koʻp dushmanlar orttirgan. Endi u shafqatsiz va qorongʻu dunyoda qolish uchun yanada yomonroq ishga qoʻl urishiga toʻgʻri keladi.

Seanslar jadvali.


“Шкатулка дьявола 3. Воскрешение”

Britaniyadagi qizlar oʻqiydigan maktab-internatida amerikalik yangi talaba paydo boʻladi va tez orada uning sinfdoshlari qiz bu yerga bir sabab bilan kelganini tushunib qoladi. Aslida, qiz qadimiy qutini qidirmoqda, afsonaga koʻra, u binoda yashiringan. Oltita talaba la’natlangan narsani topib, ochgandan soʻng, jin ozod boʻladi. Endi ular omon qolish va qurbonlarsiz chiqish uchun qoʻlidan kelgancha harakat qilishi kerak.

Seanslar jadvali.