"Dedpul va Rosomaxa" filmi 1 milliard dollar yigʻdi

E’lon qilingan sana· 218
"Dedpul va Rosomaxa" filmi 1 milliard dollar yigʻdi

“Dadpul va Rosomaxa” filmi jahon prokatida rasman 1 milliard dollar yig‘di, deya xabar bermoqda Variety nashri. Filmning bunday natijaga erishishi uchun ikki hafta vaqt kerak boʻldi.

Ushbu film 2024-yilda premyera qilingan ikkinchi milliard dollarlik loyihaga aylandi. Bungacha “Boshqotirma 2” multfilmi 1,5 milliard dollar ishlab topgan. “Dedpul va Rosomaxa” AQShda 494,4 million dollar va xalqaro hududlarda 535,1 million dollar daromad qildi.

Film syujeti ikki doʻst Dedpul va Rosomaxaning sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Blokbasterda Rayan Reynolds, Xyu Jekman, Emma Korrin, Uesli Snayps, Jennifer Garner, Channing Tatum va boshqalar rol ijro etgan.