Oʻzbekiston kinoteatrlaridagi premyeralar (1-avgust)
1-avgustdan Oʻzbekiston kinoteatrlarida “Отпуск не по-детски”, “Гарольд и волшебный мелок” komediyalari va boshqa yangi filmlar namoyishi boshlandi.
“Отпуск не по-детски”
Milan ismli tashabbuskor yigit nafaqaxoʻrlar va yetimlar yashaydigan boshpanani boshqaradi, u yerda keksalar hamda yoshlar baxtli yashaydi. Ammo bu ijtimoiy xizmatlar ochkoʻz raqobatchilarning sa’y-harakatlari bilan muassasani yopmaguncha davom etadi. Milan odamlarni Fransiya janubidagi dam olish uyiga koʻchirishdan boshqa iloji qolmaydi, u yerda esa mezbonlar bilan til topishishni oʻrganishga toʻgʻri keladi.
“Гарольд и волшебный мелок”
Garold binafsha rangli sehrli qalam yordamida butun dunyoni yaratish va har qanday narsani jonlantirish mumkin boʻlgan kitobda chizilgan dunyoda yashaydi. Garold katta boʻladi va oʻzi uchun real dunyoga eshik chizishga qaror qiladi. Shunday qilib, u 2D kitob olamini tark etib, haqiqiy hayotga oʻtadi. Garold oʻzi uchun notanish dunyo haqida koʻproq bilishni, yangi doʻstlar orttirishni va yangi narsalarni oʻrganishni xohlaydi va sehrli boʻr unga bu hayajonli sayohatda yana yordam beradi.
“Ловушка”
Kuper qizi bilan kontsertga keladi, bu seriali qotilni qoʻlga olish uchun tuzoq boʻlib chiqadi.
“Список подозреваемых”
FQB agentlari va politsiya 11 ayolni shafqatsizlarcha o‘ldirgan seriali qotilni qidirmoqda. Faqat detektiv Ortega uning izini olishga muvaffaq boʻladi, lekin jiyani yoʻqolganidan keyin ish yanada xavfliroq tus oladi. Tergovga aloqador barcha shaxslar gumon ostida qoladi.
“Собиратель душ”
FQB hisob-kitoblariga koʻra, har beshta seriyali qotildan faqat bittasi qonun oldida javob beradi, qolganlari esa ozodlikda qoladi. Agent Li Xarker “Ruh yigʻuvchi” laqabli ushbu qotillardan birini ov qilmoqda. Oʻn yildan koʻproq vaqt davomida butun oilalar uning qurboniga aylangan, ular noma’lum sabablarga koʻra bir-birini oʻldirgan. Xarker qotilning shaxsini ochishga qanchalik yaqin kelsa, ular oʻrtasida bogʻliqlik borligi shunchalik ma’lum boʻladi.
“Жуть”
Kichkina bola tunda dahshatli tushlar koʻrib, qiynaladi. Bola uyda dahshatli narsalar yashiringaniga ishonadi. Ammo otasi bung ishonmaydi va oʻgʻliga qoʻrquvini yengishni oʻrgatishga harakat qiladi. Qorongʻilik tobora qalinlashadi, bola esa uyidagi dahshatga qarshi kurashishga harakat qiladi.