"Kinopoisk"da oʻzbekistonliklar nimalarni tomosha qilmoqda? Dayjest

E’lon qilingan sana· 2 971
"Kinopoisk"da oʻzbekistonliklar nimalarni tomosha qilmoqda? Dayjest

“Kinopoisk” onlayn kinoteatri o‘zbek tilidagi kontentga alohida e’tibor qaratib, mahalliy kino sanoati bozorini rivojlantira boshladi. Hozir o‘zbek tilida so‘zlashuvchi tomoshabinlar jahon hitlari boʻlgan — “Nojentelmencha ishlar vazirligi” va “Asalarichi"ni o‘zbek tiliga moslashtirilgan holda tomosha qilishlari mumkin.

Videoservis o‘zbek seriallarini ham chiqarmoqda. Yaqinda “Kinopoisk"da “Salom Uka” nomli birinchi mahalliy “mahsulot” paydo bo‘ldi. Serial komediya janrida.

Poytaxtdagi boy oila deyarli hamma narsasini yo‘qotadi va qishloqda otasining uyiga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi. Serialni suratga olish Soʻqoq tog‘ qo‘riqxonasida bo‘lib o‘tgan. Suratga olish guruhining barcha a’zolari, ya’ni 35 kishi suratga olish paytida serial voqealari sodir bo‘layotgan uyda yashashgan.

Ma’lumotga koʻra, onlayn kinoteatrdagi o‘zbek filmlari va mahalliy tildagi dublyaj loyihalari kutubxonasi faol kengaymoqda hamda xizmat yil oxirigacha yana bir nechta loyihani amalga oshirishni rejalashtirgan.

Oxirgi oyda “Kinopoisk"da o‘zbekistonliklar tomonidan tomosha qilingan kontent bo‘yicha TOP-10 quyidagicha:

1. “Ovoz” teleloyihasi (2024, Oʻzbekiston, teleshou);

2. “Salom Uka” (2023, Oʻzbekiston, komediya);

3. “Asalarichi” (2024, AQSh, jangari, kriminal);

4. “Падение империи” (2024, AQSh, Buyuk Britaniya, jangari, drama);

5. “На автомате” (2024, Rossiya, komediya, kriminal);

6. “Ассасины.Начало” (2024, Misr, triller, drama);

7. “Материнский инстинкт” (2024, AQSh, Belgiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, drama, triller);

8. “Неприличные гости” ( 2024, Россия, комедия);

9. “Nojentelmencha ishlar vazirligi” (2024, AQSh, Buyuk Britaniya, Turkiya, jangari, komediya);

10. “Артур, ты король” (2024, AQSh, Kanada, drama, sarguzashtlar).