“Asalarichi" filmi "Kinopoisk"da oʻzbekcha dublyajda paydo boʻldi

E’lon qilingan sana· 374
“Asalarichi" filmi "Kinopoisk"da oʻzbekcha dublyajda paydo boʻldi

12-iyul kuni “Kinopoisk"da Jeyson Steytem bosh rolni ijro etgan “Asalarichi” jangovar filmi o‘zbekcha dublyajda joylandi.

O‘zbek tiliga tarjima va dublyaj qilish bilan “The Kitchen Russia” dublyaj studiyasi shug‘ullangan. Bundan avvalroq studiya “Tarjimon”, “Adolat tarafdori” va “Nojentelmencha ishlar vazirligi"ni ovozlashtirgan.

Filmning O‘zbekistonda premyerasi 2024-yil 11-yanvarda bo‘lib o‘tgan, kinoteatrlarda faqat rus tilida namoyish etilgan.

Filmni o‘zbek tilida ko‘rish uchun pleyerning audio qismida “Узбекский” belgisiga bosish kerak.