“Anora” filmining ilk treyleri e'lon qilindi
Film Kann kinofestivalida bosh mukofotga sazovor boʻlgan.
NEON studiyasi so‘nggi Kann kinofestivali g‘olibi boʻlgan, rejissyor Shon Beyker tomonidan ishlangan “Anora” filmining ilk treylerini e’lon qildi. Rossiya prokatida film “Yilning eng ehtirosli hikoyasi” deya atalmoqda.
Film voqealari AQShning Bruklin shahrida boʻlib oʻtadi. Anora — oʻzini Eni deb ataydigan oʻzbek millatiga mansub 25 yoshli striptiz va foxishalik bilan shugʻullanuvchi qiz. Eni oʻzi ishlaydigan klubda 21 yoshli rossiyalik Vanya bilan tanishadi. Ular oʻzaro umumiy til topishadi. Vanya qizni hashamatli uyiga olib keladi. Ular aroq ichadi va PlayStation oʻynaydi, soʻngra toʻsatdan Vanya Eniga Las-Vegasga uchib ketishni va turmush qurishni taklif qiladi. Yigit oʻz niyatini toʻrt karatli olmos uzuk koʻrinishidagi sovgʻa bilan jiddiy ekanini koʻrsatadi. Eni ijtimoiy liftda koʻtarilishga umuman qarshi emas. Vanyaning Moskvadagi ota-onasi esa toʻyga qarshi. Ota-ona nima boʻlganidan xabar topganidan soʻng, Nyu-Yorkka kelishadi.
Bosh rollarda: Mayki Medison, Mark Eydelshteyn, Yura Borisov, Aleksey Serebryakov va Darya Yekamasova.
Rotten Tomatoes agregator saytida film haqidagi 44 ta tanqidiy sharhning 98 foizi ijobiydir. Metacritic’da esa filmga 21 ta sharh qoldirilgan va ularga asoslanib, 100 balldan 89 ball qoʻyilgan.
Filmning butun dunyo boʻylab, katta premyerasi 17-oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.