“Platforma 2” filmining yangi treyleri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 716
“Platforma 2” filmining yangi treyleri e'lon qilindi

“Netflix” kompaniyasi “Platforma 2” filmining yangi treyleri va premyera sanasini e’lon qildi.

Filmning syujet tafsilotlari oshkor etilmagan. Voqealar yana oʻzi boshqariladigan Vertikal Markazda sodir boʻladi. Filmda asosiy qahramonlaridan boʻlgan qizning rolini Milena Smit ijro etgan, yana bir qahramon erkak rolini esa Ovik Keuchkerian oʻynagan.

Rejissiyor Galder Gastelu-Urrutiya. U birinchi qismni ham oʻzi ishlagan. “Biz Platforma olamini kutilmagan hodisalar, to‘siqlar, yangi qahramonlar… va eski do‘stlar bilan to‘la hikoya bilan kengaytirmoqchimiz”, dedi Galder “Esquire” nashriga.

“Platforma 2” premyerasi 4-oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.