“Gladiator 2” filmining ilk treyleri e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 2 885
“Gladiator 2” filmining ilk treyleri e'lon qilindi

Sikvelga ham Ridli Skott rejissyorlik qilgan, Pol Meskal bosh rolni ijro etgan.

“Paramount Pictures” kinokompaniyasi Ridli Skottning Pol Meskal ishtirokidagi “Gladiator 2” filmining birinchi treylerini taqdim etdi. Film “Gladiator” filmining bevosita davomi hisoblanadi.

Filmdagi voqealar Rimda imperator Kommod hukmronligi davrida (180−192) boʻlib oʻtadi. Syujetga koʻra, imperator Mark Avreliyning nabirasi Lutsiy uning merosxoʻri emas va Numidiyada yashaydi. Rim qoʻshini u yerga bostirib kiradi, shundan soʻng Lutsiy qoʻlga olinadi va Rimga qaytib keladi, lekin bu safar gladiator sifatida.

Filmda, shuningdek, Denzel Vashington, Konni Nilsen, Derek Jeykobi, Jozef Kuinn, Fred Xechinger va Pedro Paskal ham suratga tushgan.

Film premyerasi butun dunyo boʻylab 22-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.