Iyul oyida O‘zbekiston kinoteatrlarida qanday filmlar tomosha qilish mumkin?
Iyulning issiq kunlarida salqin kinoteatrlar va qiziqarli premyeralardan yaxshiroq narsa boʻlishi mumkinmi? Yozning ikkinchi oyida O‘zbekiston kinoteatrlariga kamroq premyeralar boʻladi, biroq ular orasida bir nechta yuqori darajadagi filmlar bor. Bular Gryuning minionlar bilan yangi sarguzashtlari va “Rosomaha va Dedpul"dan tortib Skarlett Yoxansson ishtirokidagi romkomgacha.
“Yaxshi boʻlish osonmi 4”
Despicable Me 4
Janr: multfilm, fantastika, komediya, sarguzasht, oilaviy.
Premyera sanasi: 4-iyun.
Bello! Iyul oyining birinchi haftasi Illumation’ning eng sevimli qahramonlari bilan oʻtadi. Toʻrtinchi multfilmni suratga olish uchun dastlabki ikki qismning rejissyori Kris Reno oʻz ishiga qaytdi. Demak, toʻrtinchi qismning darajasiga shubha qilish kerak emas.
Sinopsis: Gryu, Lyusi va ularning qizlari — Margo, Edit va Agnes otasini qiynoqqa solmoqchi boʻlgan oilaning yangi a’zosi kichik Gryuni kutib olishadi. Gryu yangi dushman Maksim Le Mal va uning sevgilisi Valentinaga qarshi chiqadi va shu sababdan oila qochishga majbur boʻladi.
“Экзорцизм”
The Exorcism
Janr: qoʻrqinchli.
Premyera sanasi: 4-iyul.
Rassel Krou horror va ekzortsizm bilan shugʻullanishda davom etmoqda, faqat bu safar hammasi biroz boshqacha. Krou ruhoniy rolini oʻynashi kerak boʻlgan aktyor rolini ijro etadi. Agar buning barchasi tush ichidagi tush boʻlib chiqmasaz, boshqa e’tibor qaratmaymiz. Aytgancha ushbu film ustida “Крик” ijodkorlari ish olib borgan.
Sinopsis: aktyor qoʻrqinchli filmda suratga tushish uchun yoʻl oladi. U yerda iblis domiga tushib qolgan ruhoniy rolini oʻynashi kerak. Rolga koʻnikish uchun koʻp vaqt kerak boʻlmaydi, chunki aktyor bilan haqiqatan ham gʻalati narsalar sodir boʻla boshlaydi. Aftidan, iblis yoki boshqa kuchlar uning miyasini egallab olmoqda. U vasvasaga qarshi kurashadimi yoki unga berilib ketadimi? Tanlov juda qiyin, chunki bu aktyorning karyerasini ham xavf ostida qolidiradi.
“Нежить”
In a Violent Nature
Janr: qoʻrqinchli.
Premyera sanasi: 4-iyul.
Film viloyat oʻrmonida ishlayotgan manyak koʻzi bilan suratga olingan. Ya’ni, sizni voqeaga antagonist koʻzi bilan qarash gʻoyasi yangilik boʻlmasa ham, katta ahamiyatga ega tajriba kutmoqda. Shuning uchun, agar horror film koʻrmoqchi boʻlsangiz-u, lekin siz yuqorida aytib oʻtilgan “Экзорцизм” va “Нежить” oʻrtasida tanlov qilsangiz, ikkinchisini diqqat bilan koʻrib chiqishingizni tavsiya qilamiz.
Sinopsis: bir guruh talabalar oʻrmondagi zanjirda marjon topib olib, tasodifan oʻldirib boʻlmaydigan qotil Jonni tiriltiradi. U oʻz xazinasini qidirib ketadi va yoʻlda unga duch kelgan har bir kishi halok boʻladi.
“Покажи мне Луну”
Fly Me to the Moon
Janr: melodrama, komediya.
Premyera sanasi: 11-iyul.
Skarlett Yoxansson va Channing Tatum SSSR va AQSh oʻrtasidagi koinot poygasi haqidagi romkomda rol ijro etdi. Juftlik uchun bunday janr biroz gʻalati, shu sababdan muxlislar filmni imkon qadar tezroq koʻrishni istamoqda. Va filmning rejissyorlik kursisida oʻtirgan Greg Berlanti, DC Studios loyihalarining doimiy mehmoni hisoblanadi.
Sinopsis: Kelli Jons — Amerikalik Oyga uchgan ilk odam tarixiy missiyasi qiyofasini yaratishga yordam berish uchun olib kelingan marketing akulasi. Agar Apollon 11 ekipaji sun’iy yoʻldoshga yetib bora olmasa, marketologlar kosmonavtlarning oy yuzasiga qoʻnishini sahnalashtirgan holda suratga olishga qaror qilishadi.
“Максин XXX”
MaXXXine
Janr: qoʻrqinchli.
Premyera sanasi: 11-iyul.
“Максин XXX” Tay Uest va A24 studiyasi tomonidan suratga olinayotgan trilogiyaning uchinchi qismi boʻlib, unda “X” va “Perl” dahshatli filmlari ham mavjud. Avvalo birinchi ikkita filmni tomosha qilamiz, keyin “Максин"ga oʻtamiz. Ma’lumot uchun, Uestning bu trilogiyasi so‘nggi yillardagi eng noodatiy va o‘ziga xos qo‘rqinchli filmlardan biri bo‘lib, rejissyor tajriba qilishdan qo‘rqmaydi.
Sinopsis: 1980-yillar, Gollivud. Kattalar uchun filmlar yulduzi Maksin katta kinoga kirishni orzu qiladi va nihoyat qoʻrqinchli filmda rol oʻynash imkoniyatini oladi. Ammo kimdir uning atrofidagi odamlarni oʻldirishni boshlaganida, Maksin oʻtmishida qon izlari borligini tushunadi.
“Ханна. В игре”
Latency
Janr: qoʻrqinchli, jangari, triller.
Premyera sanasi: 11-iyul.
Model Sasha Luss (“Анна”, “Валериан и город тысячи планет”) rol ijro etgan geymerlar haqidagi jangovar-drama film. Treylerni tomosha qilayotganingizda siz ham “Чёрное зеркало” “vaybini” his qildingizmi?
Sinopsis: professional geymer Hana ogʻir agorafobiyadan aziyat chekadi. Yangi sotib olingan oʻyin boshqaruvchisi uning miya faoliyatini oʻrganadi, bu unga oʻz mahoratini oshirishga imkon beradi. Biroq vaqt oʻtishi bilan oʻyin boshqaruvchisi uning fikrlarini oʻqiyotgani yoki boshqarayotganidan shubhalana boshlaydi.
“Смерч 2”
Twisters
Janr: jangari, triller.
Premyera sanasi: 18-iyul.
Kamida birinchi qism 28 yil oldin chiqqanini hisobga olgan holda hech kim kutmagan sikvel premyerasi. Gollivud doimo unutilgan loyihalarni oʻz omboridan qazib chiqaradi va ularni qayta tiklashga harakat qiladi. “Смерч"ning davomi muvaffaqiyatli chiqadimi yoki yoʻqmi, tez orada bilib olamiz. Filmning byudjeti 200 million dollar ekanini hisobga olgan holda, muvaffaqiyatsizlikka uchrash ehtimoli mavjud, ammo tomoshabinlar halokat haqidagi filmlarni yaxshi koʻradi, shuning uchun muvaffaqiyatga erishish imkoniyati kichik boʻlsa ham bor.
Sinopsis: Tornado bilan halokatli toʻqnashuvdan qoʻrqib ketgan Keyt Karter doʻsti Javi bilan yangi inqilobiy tornado kuzatuv tizimini sinab koʻrish uchun ochiq tekislikka qaytadi. Boʻron mavsumi kuchayib borar ekan, Keyt va uning jamoasi Oklaxoma markazida bir nechta tabiiy ofat sodir boʻlganda oʻz hayoti uchun kurashadi.
“Блю Лок. Эпизод Наги”
Blue Lock: Episode Nagi
Janr: anime, multfilm, drama, sport.
Premyera sanasi: 18-iyul.
Oʻtgan oydagi “Voleybol!” siz uchun yetarli boʻlmadimi? Unda yana bir sport mavzusidagi anime bilan tanishing, faqat bu safar asosiy e’tibor futbolga qaratilgan. Muxlislar uchun ma’lumot, “Эпизод Наги” serialning davomi emas. Anime voqealari Blue Lock’ning birinchi mavsumi voqealaridan oldin va oʻsha voqealar vaqtida boʻlib oʻtadi.
Sinopsis: oʻrta maktab oʻquvchisi Seishiro Nagi oddiy, zerikarli hayot kechiradi. Reo Mikagening jahon chempionatida g‘olib chiqishni orzu qiladigan sinfdoshi esa yigitning katta salohiyatini kashf etib, uni ushbu sport turi bilan shug‘ullanishga ko‘ndiradi. Keyin esa Seishiro sirli Blue Lock loyihasiga taklifnoma oladi va u yerda mamlakatning eng yaxshi futbolchilari bilan uchrashadi.
“Дэдпул и Росомаха”
Deadpool & Wolverine
Janr: fantastika, jangari, komediya.
Premyera sanasi: 24-iyul.
Ehtimol butun yozning eng yorqin premyerasi. Rayan Reynolds (Dedpul) Xyu Jekman (Rosomaha) bilan butun Marvel kino olamining darajasini koʻtarish, unga ikkinchi hayotni berish maqsadida birlashmoqda. Shuningdek, bularning barchasi rejissyor Shon Levining nazorati ostida kechmoqda. Koʻp gapirishni yoqtiradigan yollanma qotil allaqachon Disney`ga tegishli boʻlsa-da, kinokartina sifatiga shubha qilishning hojati yoʻq. Biz Dedpul va Rosomaha Marvel filmlari uchun yangi yoʻlni boshlab berishiga ishonchimiz komil.
Sinopsis: Ueyd Uilson “Vaqt sayohatlarini boshqarish” korporatsiyasi tomonidan ishga olinadi va uni oʻzining oʻzgaruvchan alter-egosi boʻlgan Dedpul’ga qaytishiga va Rossomaxa yordamida tarixni oʻzgartirishga majbur boʻladi.