"Mister Kozyol" filmi premyerasidan reportaj

E’lon qilingan sana· 727
"Mister Kozyol" filmi premyerasidan reportaj

Tashkent City Mall’da 12-iyun kuni rejissyor Gʻolibjon Sanoqulov tomonidan suratga olingan “Mister Kozyol” filmining premyerasi boʻlib oʻtdi.

Afisha.uz muxbirlari premyeradan eksklyuziv reportaj tayyorladi. Namoyishda aktyor va aktrisalar, rejissyorlar, vayner hamda blogerlar, shuningdek, tomoshabinlar ishtirok etdi.

“Bu Oʻzbekistonda birinchi animatsion film boʻlgani uchun oʻzimga juda yoqdi. Bosh rolni taklif qilishganda darrov rozi boʻlganman. Animatsiya bilan ishlash qiyin boʻldi. Qaysidir ma’noda yoʻq narsa bilan rol oʻynaysizda”, — dedi bosh rol ijrochisi Moʻmin Ibrohimov.

Tadbir avvalida boshlovchi Akmal Mirzo film ijodkorlarini tanishtirdi. Shundan soʻng bosh rolni ijro etgan Moʻmin Ibrohimov, uning onasini rolini oʻynagan Saida Rametova, rejissyor Gʻolibjon Sanoqulovga soʻz berildi. Bundan keyin esa film namoyish etildi.

Premyeradan avval boshlovchi Akmal Mirzo ushbu film “uxlab yotgan” xususiy kinolarni uygʻotishga harakat qilishini ta’kidladi.

“Xalq komediyani sogʻingan. Bu filmda oʻziga xos, boshqa kinolarga oʻxshamaydigan joylari bor. Menimcha, tomoshabinga ma’qul boʻladi. Toʻgʻri boshqa yaxshi filmlarimiz koʻp, ammo ora-orada komediyaga ham qoʻl urib turishimiz kerak”, — deya fikr bildirdi filmda rol ijro etgan aktrisa Saida Rametova.

13-iyundan boshlab, “Mister Kozyol” kinokartinasi Oʻzbekiston kinoteatrlarida namoyishi boshlandi. Filmga chiptalarni Afisha.uz saytidan xarid qilishingiz mumkin. Shuningdek, saytda film haqidagi taqrizni ham oʻqishingiz mumkin.

Reportajni toʻliq holda bizning YouTube sahifamizda tomosha qiling:

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov

Mister Taka

Mister Taka
Original nomi
Mr. Taka
Janr
komediya
Vaqt
83 daqiqa / 1 s. 23 daqiqa
Premyera
13-iyun 2024 (O‘zbekiston)
Rejissyor
Golibjon Sanokulov