Toshkentda Bolalar kuni munosabati bilan bepul kino namoyishlari oʻtkaziladi

E’lon qilingan sana· 1 115
Toshkentda Bolalar kuni munosabati bilan bepul kino namoyishlari oʻtkaziladi

Milliy kino san’ati saroyida “Xalqaro bolalarni himoya qilish” kuni munosabati bilan 1-iyun kuni bepul kino namoyishlar tashkil etiladi.

Namoyishlarning nomi va vaqti quyidagicha:

  • “Parining sovg‘asi” — soat: 11:00; 13:00;
  • “Quyosh ta’mi” — soat: 15:00; 17:00; 19:00.

“Parining sovg‘asi” filmi taniqli aktyor Farhod Mahmudov rejissyorligida suratga olingan. Ushbu film 6 yoshdan katta bo‘lgan bolalar auditoriyasiga mo‘ljallangan bo‘lib, ertak janridagi kartina hisoblanadi.

“Quyosh ta’mi” filmi esa oilaviy fentezi janrida yaratilgan bo‘lib, unda O‘zbekistonga safari chog‘ida g‘aroyib sarguzashtlar ishtirokchisiga aylangan moskvalik oddiy oila haqida hikoya qilinadi.