"Kung-fu Panda 4" multfilmi 500 million dollardan koʻproq pul ishlab topdi
“Kung-fu Panda 4” animatsion filmi jahon prokatida rasman 500 million dollardan koʻproq (503,5 million dollar) ishlab topdi. Ma’lumot uchun, multfilm 8-mart kuni premyera qilingandi.
Universal va DreamWorks studiyalari tomonidan ishlangan “Kung-fu Panda 4” AQShda 185 million dollar yigʻdi, jahon prokatida esa — 318,5 million dollar ishlab topdi. Jek Blek, Avkvafina, Brayan Krenston, Viola Devis va boshqalar 2008 yilda boshlangan Kung Fu Panda franshizasida , 2,3 milliard dollarni oʻzlashtira oldi.
Ilk bora 2008-yilda premyera qilingan Kung Fu Panda franshizasi umumiy hisobda 2,3 milliard dollar ishlashga muvaffaq boʻldi.
“Kung-fu Panda 4” multfilmi rasman oʻzbek tiliga tarjima qilindi va kinotetarlarda namoyish etildi. Shuningdek, Afisha.uz saytida multfilmga yozilgan taqriz va Poga ovoz bergan dublyaj aktyori bilan suhbat e’lon qilingandi.