"Jentlmencha boʻlmagan ishlar vazirligi" filmi kinoteatrlarda oʻzbek tilida ham namoyish etiladi
Oʻzbekiston kinoteatrlarida mashhur rejissyor Gay Richining “Jentlmencha boʻlmagan ishlar vazirligi” (Министерство неджентльменских дел) filmi oʻzbek tilida ham namoyish etiladi.
Ikkinchi jahon urushi haqida hikoya qiladigan kinokartina Damien Lyuis asari asosida suratga olingan. Unda bosh rollarni Genri Kavil va Eysa Gonsales ijro etgan.
Film sinopsisi: 1942-yil, Buyuk Britaniya. Ular eng yaxshilarning eng yaxshisi. Yakka oʻzi harakat qilishga odatlangan sarguzashtchilar va birinchi darajali mutaxassislar. Ammo butun dunyo taqdiri xavf ostida boʻlgan vaqtda, ular oʻta maxfiy jangovar boʻlinma uchun birlashishga va fashistlarga qarshi missiyani boshlashga majbur boʻladi. Endi ularning ishi faqat urush. Ular buni mutlaqo jentlmenlarga oʻxshamagan holda olib borishadi.
Seanslar jadvalini Afisha.uz saytidan topishingiz, shuningdek, chiptalarni onlayn xarid qilishingiz mumkin.