Skorseze Di Kaprio bilan birgalikda Frenk Sinatra haqida film ishlashi mumkin

E’lon qilingan sana· 153
Skorseze Di Kaprio bilan birgalikda Frenk Sinatra haqida film ishlashi mumkin

Variety nashrining xabar berishicha, qo‘shiqchi Frenk Sinatra haqida biografik film ishlanadi. Unga Martin Skorseze rejissyorlik qilishi mumkin, Leonardo Di Kaprio esa bosh rolga nomzod hisoblanadi.

Skorseze dastlab 2009-yilda biografik film suratga olishni xohlagan, biroq keyinchalik Sinatra merosxo‘rlari ruxsat bermagani sababli loyiha toʻxtagan. Oʻsha vaqtda Di Kaprio, Jonni Depp va Jorj Kluni film uchun kastingda qatnashgandi.

Yangi film ham hali xonandaning qizi Tina Sinatra tomonidan ma’qullanmagan. Sinatraning ikkinchi rafiqasi, aktrisa Ava Gardnerni filmda Jennifer Lourens ijro etishi mumkin. U avval Di Kaprio bilan “Don't Look Up” filmida birga ishlagan.

Skorsezening so‘nggi filmi, Robert de Niro va Leonardo Di Kaprio ishtirokidagi “Killers of the flower moon” trilleri 2023-yilning kuzida prokatga chiqqandi va Oskar mukofotiga o‘nta nomonatsiya boʻyicha nomzodi qoʻyilgandi. Ammo film mukofotni qo‘lga kirita olmadi.