Merilin Monrodan Vinsent van Goggacha. Madaniyat va san'at namoyondalari haqidagi filmlar

E’lon qilingan sana· 3 360
Merilin Monrodan Vinsent van Goggacha. Madaniyat va san'at namoyondalari haqidagi filmlar

Bugun, 15-aprel Butunjahon Madaniyat va san’at xodimlari kuni hisoblanadi. Afisha.uz ushbu sana munosabati bilan san’at sohasining koʻzga koʻringan vakillari haqidagi biografik filmlarni bir yerga jamladi.


“Blonde”

Film tarixdagi eng mashhur sariq sochli qizga aylangan Norma Jin Beyker — Merilin Monroning hayoti haqida hikoya qiladi. Ziddiyatlarga boy hayot kechirgan aktrisa haqida koʻproq bilib olish uchun ushbu filmni tomosha qilish ayni muddao sanaladi.

2022-yilda premyera qilingan kinokartina aktyorlar tarkibidan Ana de Armas va Edrien Broudining oʻrin olgani filmga boʻlgan qiziqishni yanada oshiradi.

Filmni tomosha qilish uchun.

“Elvis”

Film rock’n’roll qiroli Elvis Preslining hayoti va musiqasi uning menejeri, polkovnik Tom Parker bilan murakkab munosabatlari haqida soʻzlaydi. Ular 20 yildan ortiq birga faoliyat olib borgan — Elvis karyerasining boshidan, uning misli koʻrilmagan shon-shuhratga erishguniga qadar.

Tom Henks polkovnik Parker rolini ijro etgan boʻlsa, xarizmatik Ostin Batler Elvisni Preslini “jonlantirgan”.Bayopik 2022-yilda suratga olingan.

Filmni tomosha qilish uchun.

“Bohemian Rhapsody”

Rock’nroll qirolidan soʻng rok qiroliga murojaat qilamiz. Mashhur “Queen” guruhi vokalisti boʻlgan Freddi Merkuriyning hayoti, stereotiplarga qarshi kurashib, butun dunyodagi eng sevimli va mashhur qoʻshiqchilardan biriga aylangani haqidagi hikoyani “Bohemian Rhapsody” filmida kuzatish mumkin.

Ma’lumot uchun, film nomi “Queen” guruhining eng mashhur qoʻshiqlaridan biri nomi bilan atalgan.

Filmni tomosha qilish uchun.

“Chaplin”

Film buyuk Charli Chaplinning Londondagi qashshoq bolaligidan boshlab butun hayotini qamrab oladi. Tomoshabin kino yulduzi va kinorejissyorning beqiyos muvaffaqiyatini, kommunizmga xayrixohlik ayblovlari tufayli Shveytsariyaga ketishga majbur boʻlishi, butun umrlik mehnatlari uchun qoʻlga kiritgan Oskarini qabul qilib olish uchun Gollivudga qaytishini koʻradi.

Bosh rolni yaqinda Oskar mukofotini qoʻlga kiritgan Robert Dauni ijro etgan. Film 1992-yilda suratga olingan.

Filmni tomosha qilish uchun.

“Dali land”

1974-yil. Salvador Dali sayyoradagi eng mashhur va gʻayrioddiy rassom edi. Biroq san’at olamidagi haqiqiy kuch uning rafiqasi va ilhomlantiruvchisi Galaning qoʻlida boʻlgan. Ular turmushidagi og‘ir kunlarni boshidan kechirmoqda.

Dali yosh yordamchisi Jeymsga Nyu-Yorkdagi katta koʻrgazmaga tayyorlanish vazifasini yukladi. Jeyms beixtiyor Dalining aql-bovar qilmas dunyosiga tushib qoladi va barcha davrlarning eng gʻayrioddiy rassomining hayotini oʻz koʻzi bilan koʻradi.

Filmni tomosha qilish uchun.

“At Eternity’s Gate”

Ushbu film 2018-yilda suratga olingan boʻlib, rassom Vinsent van Gog hayotining so‘nggi yillari haqida hikoya qiladi. Kinokartina van Gogning biograflari Stiven Nayfe va Gregori Uayt Smit tomonidan ilgari surilgan munozarali nazariyani namoyish etadi. Unga koʻra, van Gogning oʻlimiga oʻz joniga qasd qilish emas, balki qotillik sabab boʻlgan degan taxminlar mavjud.

Bayopik 2018-yilda premyera qilingan va unda bosh rolni mahoratli aktyor Uilyam Defo ijro etgan.

Filmni tomosha qilish uchun.

“Sanju”

“Sanju” oʻzbek tomoshabiniga Munnaboy obrazi bilan tanish boʻlgan Sanjay Datt haqida hikoya qiladi. Uning hayoti, muammolari va mashhurlik choʻqqisiga erishishi tomoshabinlarga namoyish etiladi.

Bosh rolni Hindistonda Shohruxxondan keyingi eng yaxshi aktyorlardan biri Ranbir Kapur ijro etgan. Premyera 2018-yilda qilingan.

Filmni tomosha qilish uchun.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov