Hafta kinopremyeralari: 11-aprel
11-apreldan mamlakat kinoteatrlarida “Jannat onalar oyog‘i ostida” dramasi, “Манкимэн” jangari filmi, “След киллера” trilleri va boshqa yangi filmlar namoyishi boshlanadi.
“Jannat onalar oyogʻi ostida”
Aqliy rivojlanishi sakkiz yoshli bola darajasida qolgan oʻziga xos shaxs — 35 yoshli Odilning hikoyasi. Odil kichik bir qishloqda 75 yoshli onasi Rayxon opa bilan yashaydi, u hamisha Xudo uni o‘zgacha sevishini, shu bois to‘g‘ri jannatga kirishini aytib turadi. Ammo Odil onasisiz jannatga kirishni istamaydi. Bir kuni u boshqa bir sakkiz yoshli bolakatdan agar u onasini muqaddas Makka shahriga piyoda olib borsa, onasi Jannatga kirishi mumkinligini bilib qoladi.
“Манкимэн”
Mumbayning beshavfat koʻchalari uni oilasi uchun qasos olish uchun hech narsadan toʻxtamaydigan jangchiga aylantirdi. Bundan buyon uning hayoti niqobli odamlar pul uchunsoʻnggi nafaslarigacha kurashadiigan yashirin kurashlar oʻrtasida boʻlingan hamda eng boy va eng yovuzlar uchun moʻljallangan tungi klubda ishlaydi. Yashirin dunyoga borgan sari u hamma narsani odamlardan tortib oladigan jinoyatchilar va buzuq siyosatchilar bilan hisob-kitob qiladi. Uning ismi Monkeyman.
“След киллера”
Chikago politsiyasi bir necha yil davomida shaharni qoʻrquvda ushlab turgan seriyali qotilni hech qanaqasiga ushlay olmadi. Ammo bir kuni u gʻoyib boʻldi, xuddi kutilmaganda paydo boʻlgandek. Shafqatsiz jinoyatchi haqida hamma unutdi. Uning ishini tekshirayotgan tergovchidan boshqa hamma. Besh yil oʻtgach, Shotlandiyada xuddi shunday uslubdagi qotilliklar sodir boʻla boshladi. Detektiv oxir-oqibat qotilni qoʻlga olish va sevgilisining oʻlimi uchun qasos olish uchun dunyoning narigi tomoniga borishi kerak boʻladi.
“Гении”
Irland yozuvchisi va Nobel mukofoti sovrindori Samuel Bekketning Ikkinchi jahon urushi davridagi fransuz qarshilik harakati ishtirokchisidan adabiy gʻalaba va yolgʻizlik hayotigacha boʻlgan sayohati hikoyasi.
“Отважный Бим и пернатые колокольчики”
Katta bayram oldidan qoʻngʻiroqchalar epchillik va jasoratda raqobatlashish uchun yigʻiladi. Gʻoliblarni gʻayrioddiy muhim missiya kutmoqda — bahorni uygʻotadigan sehrli eliksir uchun Rimga sayohat. Omad Bim va uning doʻstlariga kuladi. Sehrli kubokni topshirishdan oldin, ular kuchli raqib, Aurora va bezorilar toʻdasi bilan kurashishlari kerak.
“Омен. Первое знамение”
Yosh amerikalik ayol oʻzini cherkovga xizmat qilishga bagʻishlash uchun Rimga boradi. U yerda u zulmatga va dunyoga yovuzlik timsolini olib kelish uchun fitnaga duch keladi.
“Ведьма. Деревня проклятых”
Katta pichoq bilan gʻalati odamning hujumidan omon qolgan Maya shaharni tark etib, qishloqqa borishga qaror qiladi, ma’lum boʻlishicha, uning katta uyi bor. Qizni xolasi tarbiyalagan va ota-onasi haqida hech narsa bilmas edi. Bu joyga yetib kelgan Maya va uning dugonasi darhol mahalliy aholi undan qochadigan oilaviy uyni topib, u yerda tunashga qaror qiladi. Bundan tashqari, yaqin atrofdagi qabristonda shubhali darajada koʻp sonli bolalar qabrlari topilgan.