2024-yil aprel oyida uyda qanday filmlar koʻrish mumkin?

E’lon qilingan sana· 360
2024-yil aprel oyida uyda qanday filmlar koʻrish mumkin?

Uyda koʻrish mumkin boʻlgan filmlar va seriallar koʻp boʻlgani tufayli oʻtkazib yuborish ularni juda oson. Shu sababli Afisha.uz bu oyda premyera qilinadigan eng yirik va yangi seriallar hamda filmlar haqida ma’lumot beradi.

Filmlar

“Великие хиты”

The Great Hits
Janr: musiqiy, fantastik, drama, melodrama, komediya.
Premyera sanasi: 12-aprel Hulu platformasida.

Siz biron bir qoʻshiqni tinglash vaqtida oʻylaringiz va hislaringiz bilan oʻtmishga tushib qolgandek boʻlganmisiz? Qoʻshiq tinglash oʻtmishga jismonan sayohat qilish imkonini bersa-chi? “Великие хиты” filmida aynan shu hodisa yuz beradi.

Sinopsis: bosh qahramon ma’lum musiqalarni tinglagan holda vaqt boʻylab sayohat qila oladi. Ammo bir nyuans bor: qiz oʻtmishga sayohat qiladigan barcha epizodlari hozirda u bilan birga boʻlmagan sobiq sevgilisiga bogʻliq boʻladi.


“Мятежная Луна, часть 2: Дарующая шрамы”

Rebel Moon — Part Two: The Scargiver
Janr: ilmiy fantastika, fantastika, jangari, drama, sarguzasht.
Premyera sanasi: 19-aprel, Netflix platformasida.

Zak Snayder ikkinchi film yanada hissiyotga boy va epik boʻlishini va’da qilmoqda. Birinchi qism oʻrtacha chiqqani va ikkinchi film avvalgisi bilan bir vaqtda suratga olinganini hisobga olsak, uning soʻzlariga ishonish qiyin. Ammo shunga qaramay rejissyordan nimadir kutish mumkin.

Sinopsis: Kora va omon qolgan jangchilar oʻzlarining Veldt dunyosini himoya qilish uchun aholi va dehqonlar bilan birga Ona dunyosiga qarshi kurashishga tayyorlanadi. Jangchilar oʻzlarining maqsadlarini oʻtmishi orqali ochib beradi. Ona dunyosi kuchlari esa rivojlanib borayotgan isyonni topish va yoʻq qilish uchun keladi.


Seriallar

“Рипли” (mini serial)

Ripley
Janr: triller, drama, jinoiy.
Premyera sanasi: 4-aprel, Netflix platformasida.

Serial ssenariysi yozuvchi Patrisiya Xaysmitning Tom Ripli haqidagi barcha beshta romaniga asoslangan boʻlib, bularga “Талантливый мистер Рипли”, “Мистер Рипли под землей”, “Игра мистера Рипли”, “Тот, кто следовал за мистером Рипли” va “Мистер Рипли под водой” kiradi. Gʻoya juda gʻalati, ammo treylerdan film kamida chiroyli sahnalarga boʻlishini umid qilish mumkin. Endryu Skott bosh rolni ijro etayotgani ham qiziqishni oshiradi.

Sinopsis: 1960-yillar. Boy odam Italiyaga sayohat qilish va aqlsiz oʻgʻlini AQShga qaytarish uchun mayda firibgar Tom Riplini yollaydi.


“Шугар”

Sugar
Janr: triller, drama, jinoiy, detektiv.
Premyera sanasi: 5-aprel, Apple TV+ platformasida.

“Chinakam izquvar"ning ikkinchi mavsumidan beri ilk marta Kolin Farrell seriallar olamiga qaytmoqda. “Chinakam izquvar” toʻrtinchi faslidan soʻng “Шугар” seriali jinoiy detektiv ishqibozlari kutgan loyiha boʻlishi mumkin.

Sinopsis: sirlarga boy xususiy tergovchi Gollivud prodyuserining sevimli nabirasining g‘oyib bo‘lishi boʻyicha tergov qilayotgan vaqtda o‘z ichki kechinmalari bilan ham kurashadi.


Паразит: Серый” (mini-serial)

Gisaengsu: deo geurei
Janr: fantastik, jangari.
Premyera sanasi: 5-aprel, Netflix platformasida.

Loyiha xuddi shu nomdagi mashhur manga asosida suratga olingan. Bundan tashqari film rejissyori “Pusanga ketayotgan poyezd"ni suratga olgan Yen San-Xo ekani ham serial uchun yetarlicha reklama boʻla oladi.

Sinopsis: Serial voqealari odamlar tanasiga kirib olib, ularning ongini boshqaradigan begona parazitlar bilan birga yashaydigan insonlar dunyosida bo‘lib o‘tadi. Bosh qahramon omon qolish uchun kurashning markazida boʻladi. U parazit bilan aloqa qila oladi, lekin boshqalardan farqli oʻlaroq, qiz oʻz irodasini va insoniy his-tuygʻularini saqlab qoladi.


“Фоллаут”

Fallout
Janr: fantastika, jangari, drama, sarguzasht.
Premyera sanasi: 5-aprel, Prime Video platformasida.

Oʻtgan yili video oʻyinlarni ekranlashtirishga boʻlgan ishonch qayta tiklandi. “The Last Of Us”, “Mario”, “Freddi bilan besh kecha”, “Gran Turismo”, “Tetris” va boshqalar bunga misol boʻla oladi. Va barcha loyihalar, u yoki bu tarzda, muvaffaqiyat qozondi. “Фоллаут” serialidan ham xuddi shunday muvaffaqiyatni kutish mumkin.

Sinopsis: Syujet markazida uch qahramon, jumladan, maftunkor, qobiliyatli, ammo sodda, butun hayotini otasi Xenk va qoʻriqchi bilan Boshpana 33'da oʻtkazgan Lyusi. Yana bir asosiy qahramon — Poʻlat birodarligiga ritsar boʻlib xizmat qiladigan Maksimus. U haqiqiy ritsar boʻlishga intiladi. Uchinchi qahramon esa — bosh ovchisi Gul.


“Детеныш северного оленя” (mini-serial)

Baby Reindeer
Janr: drama, triller.
Premyera sanasi: 11-aprel, Netflix platformasida.

Bu aktyor va yumorist Richard Gaddning 2019-yilda sahnalashtirgan xuddi shu nomdagi monospektaklining muallif shaxsiy tajribasiga asoslangan kino-adaptatsiyasidir. Film darhol ikkita mukofotga sazovor boʻldi, xususan, ssenariy uchun “Scotsman Fringe” va aktyorlik uchun “Sahna” mukofotlarni qoʻlga kiritdi. Spektakl ham keyinchalik “Lorens Olivye” mukofoti bilan taqdirlangandi. Bosh rolni Gaddning oʻzi ijro etgan.

Sinopsis: syujet taniqli yozuvchi hamda yumorist va uni ta’qib qilayotgan muxlisa oʻrtasidagi gʻalati munosabatlar haqida hikoya qiladi. Bu esa unchalik yoqimli boʻlmagan oqibatlarga olib keladi.


“Франклин” (mini-serial)

Franklin
Janr: biografiya, tarixiy, drama.
Premyera sanasi: 12-aprel, Apple TV+ platformasida.

Hammasi oddiy, bu Amerika demokratiyasining asoschisi Benjamin Franklin va uning biografiyasidagi koʻp ham ma’lum boʻlmagan davr haqidagi dramatik serial. Serialda intriga, xiyonat va qurolli toʻqnashuvlar boʻlishi va’da qilingan. Bosh rolni betakror Maykl Duglas ijro etadi.

Sinopsis: Franklin Amerika elchisi boʻlish va angliyaliklarga qarshi fransuzlar bilan ittifoq tuzish uchun Fransiyaga boradi.


Сочувствующий (mini-serial)

The Sympathizer
Janr: triller, drama, tarixiy.
Premyera sanasi: 14-aprel, MAX platformasida.

Bu Vyet Than Nguyen tomonidan yozilgan xuddi shu nomdagi kitobning kino-adaptatsiyasi. Serialda “Олдбой” va “Решения уйти” filmlarining rejissyori Pak Chxan Uk ishlagan, Robert Dauni esa bir nechta rollarni ijro etgan.

Sinopsis: Vyetnam urushining yakuni. Janubiy Vyetnam armiyasida xizmat qilgan kapitan Qoʻshma Shtatlarga qochib, qochqinlar jamoasiga joylashadi va u yerda yashirincha josuslik qilishda hamda Vyetnamga hisobot berishda davom etadi.


“Под мостом” (mini-serial)

Under the Bridge
Janr: detektiv, drama, triller.
Premyera sanasi: 17-aprel, Hulu platformasida.

Biz yozuvchi Rebekka Godfrining qotillik haqidagi kitobiga asoslangan “tru-kraym” guvohiga aylanamiz. Bosh rollarda Oskarga nomzodi qoʻyilgan Lili Gladstoun va Rayli Kio.

Sinopsis: Oʻn toʻrt yoshli Rina Virk omadsiz va uning ustidan doimo kulishadi. Shunga qaramay, uni koʻprik ostidagi ziyofatga taklif qilishadi. Biroq ertasi kuni Rina uyga qaytib kelmaydi. Koʻprik ostida dahshatli voqea sodir boʻladi. Koʻp oʻtmay, yetti nafar oʻsmir qizlar va bolalar qotillikda ayblanadi. Tekshiruvda kanadalik yozuvchi va jurnalist Rebekka Godfri ishtirok etadi, u oʻzining birinchi kitobini yozayotgan edi.


“Хроники Спайдервика”

The Spiderwick Chronicles
Janr: fantastika, jangari, triller, drama, sarguzasht, oilaviy.
Premyera sanasi: 17-aprel, Roku platformasida.

2000-yillarda mashhur boʻlgan bolalar klassikasining yana bir qayta ekranlashtirilgan varianti. Ammo Toni DiTerlitsi va Xolli Blek romani asosidagi navbatdagi serial shunisi bilan qiziqarli-ki, uni Disney emas, balki yangi Roku striming xizmati suratga olmoqda.

Sinopsis: Egizaklar Jared va Saymon, singlisi Mallori hamda onasi bilan oʻz ajdodlarining uyi — Spidervikka koʻchib oʻtadi. Ma’lum boʻlishicha, uy gʻayrioddiy sehrli mavjudotlar bilan toʻla. Jared ularni birinchi boʻlib payqaydi, lekin oila unga ishonmaydi. Unga faqatgina doim otasi Artur Spidervikning maxfiy kitobi haqida gapiradigan katta buvisigina ishonadi. Ertakdagi mavjudotlardan biri — Malgarat — uyda va undan tashqarida yovuzlik qilish uchun kitobni qoʻlga kiritishni orzu qiladi.


“Наклз” (mini-seriya)

Knuckles
Janr: ilmiy fantastika, fantastika, jangari, komediya, sarguzasht, oilaviy.
Premyera sanasi: 26-aprel, Paramaunt+ platformasida.

“You know the way” yoki “Наклз” super-tezkor Sonik olamiga kiruvchi mini-serialdir. Qizil rangli Naklz dastlab Sonikning dushmani va doktor Egmanning ittifoqchisi boʻlgan. Biroq Egman Naklzga xiyonat qiladi, shundan soʻng u Sonik va uning doʻstlari bilan dunyoni qutqarish uchun birlashdi.

Sinopsis: Naklz Ueydni oʻzining himoyachisiga aylantirishga va unga jang usullarini oʻrgatishga rozi boʻladi.


“Вуаль” (mini-serial)

The Veil
Janr: triller.
Premyera sanasi: 30-aprel, Hulu platformasida.

Agar siz “Медленные лошади” serialining keyingi mavsumini yoki 007 qatoridagi filmlarning davomini intiqlik bilan kutayotgan bo‘lsangiz, “Вуаль” ularning oʻrnini bosishi mumkin boʻlgan loyihadir. “Острые козырьки” seriali bilan tanilgan Stiven Nayt ssenariyni ustida ishlamoqda va loyihani “haqiqat va yolgʻon oʻrtasidagi halokatli oʻyin” deb ta’rifladi.

Sinopsis: Imidjon Solter MI-6 maxfiy agenti boʻlib, butun dunyo boʻylab razvedka idoralari uchun muhim ma’lumotlarga ega boʻlgan Adila ismli ayolni topish vazifasini oladi. Turli xil fikrlarga ega ekaniga qaramay, ayollar global siyosiy falokatning oldini olish va minglab odamlarning hayotini saqlab qolish uchun birlashishi kerak boʻladi.

Roman Knishev
Muallif
Roman Knishev