Hafta kinopremyeralari: 28-mart
28-martdan mamlakat kinoteatrlarida “Godzilla va Kong: Yangi imperiya” jangovar filmi, “Onalik instinkti” dramasi va boshqa yangi filmlar namoyishi boshlanadi.
“Godzilla va Kong: Yangi imperiya”
Ikki qadimiy titan, Godzilla va Kong, odamlar ularning kelib chiqishi va Boshchanoq oroliga aloqador ekanini oʻrganayotgan vaqtda, epik jangda ishtirok etadi.
“Orklar yetakchisi”
Qonxo‘r orklar tomonidan ovlanayotganidan bexabar yetakchi sirli elchini podshoh huzuriga kuzatib qo‘yayotgan qo‘riqchilar guruhini boshlab boradi.
“Onalik instinkti”
1960-yillar. Ikki qoʻshni Elis va Selinning hayoti ertakga oʻxshaydi — ideal uylar, muvaffaqiyatli erlar va tengdosh oʻgʻillar. Ammo toʻsatdan ertak dahshatli tushga aylanadi va oʻzaro shubha va paranoyaga olib keladi. Shunday qilib, oʻz instinktlaringizdan boshqa hech kimga yoki hech nimaga ishonib boʻlmaydigan halokatli oʻyin boshlanadi.
“Xitmen. Soʻnggi ish”
Noks professional qotil. Umrining soʻnggi yillarida u faqat bir narsani — amalga oshirgan ishlarini unutishni orzu qilardi. Ammo demensiya uning shaxsiyatini yoʻq qilayotgan bir vaqtda, xitmen oʻz oʻgʻlini sotqin politsiyachilar qoʻlidan qutqarish uchun bor kuchini sarflashi kerak boʻladi. Vaqt ketmoqda. U endi kim, doʻst yoki kim dushman ekanini eslay olmaydi, faqat koʻrsatkich barmogʻi hali ham uni ishonchli tarzda oldinga boshlaydi.
“Sobiqlar (emas)”
Mashhur aktyor Matye va musiqa oʻqituvchisi Elis bir vaqtlar bir-birini sevgan. Hozir ularning biri ellik yoshdan ikkinchisi esa qirq yoshdan oʻtgan. Ularning munosabatlari oʻtmishda qolgan va har biri uzoq vaqtdan beri oʻz shaxsiy hayotini yashab kelgan. Biroq taqdir ularni yana uchrashtirdi, sobiq juftlik “oʻlik' mavsum vaqtida bir kurortga keladi. Bu yerdagi sharoit ularning ishqiy munosabatlarini qayta boshlash uchun juda mos keladi. Ammo qayta tiklangan tuygʻular eski muammolar va kelishmovchiliklarning katta oqimini yorib oʻta oladimi?
“Uiji.” Boshqa dunyo oʻlchovi"
Inflyuenser-blogerlar jamoasi “qora grafinya” saroyida marosim oʻtkazishga qaror qiladi. Barcha gʻayritabiiy narsalarning muxlisi boʻlgan qiz uni boshqa olamga olib boradigan oʻyinni oʻynaganidan keyin izsiz gʻoyib boʻldi. Blogerlar grafinyaning ruhini uygʻotib, bu dunyoga boshqa olam kuchlarini kiritib yuboradi. Faqatgina jinlarni ortga qaytara oladigan kishigina omon qoladi.