"Qari qiz" nomli shifokorlar hayoti haqida film suratga olinmoqda
Shifokorlar hayoti haqida hikoya qiluvchi “Qari qiz” nomli film suratga olinmoqda, deya xabar berdi Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi axborot xizmati. Kino Kinematografiya agentligi hamda Last Media studiyasi hamkorligida ishlanmoqda.
Film hayotda o‘z yo‘lini izlayotgan bo‘lajak shifokorning oldidan chiqadigan sinovlari haqida hikoya qiladi. U turmushga chiqish va o‘qishni davom ettirish orasidagi muhim tanlovni amalga oshiradi.
Kinokartina prodyuseri va ssenariy muallifi Nilufar Xudoyberdiyeva, rejissyor Ilhom Muhammad Ibrohimov, operator Muzaffar Yusupov, badiiy rahbar Rashid Malikov. Rollarni Aysanem Yusupova, Saida Rametova, Mashhura Zulfiqorova, Behruz Toxirov, Saida Saidbekova kabi aktyor va aktrisalar ijro etgan.
Hozirda tasvirga olish jarayonlari Toshkent shahri va viloyatida davom etmoqda. Bundan tashqari, suratga olish ishlari Turkiyaning Istanbul shahrida ham bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.