O‘zbekiston xalq artisti Hamza Umarov haqida hujjatli film suratga olindi
E’lon qilingan sana: · 324
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan O‘zbekiston Milliy kinofondi tomonidan Oʻzbekiston xalq artisti Hamza Umarov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film suratga olindi. Bu haqda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi axborot xizmati xabar berdi.
Film ssenariy muallifi Nigora Karimova va Lobar Qobilova, rejissyor Eljon Abbasov, operator Rahmatilla Yoqubov.
Hamza Umarov “O‘tkan kunlar”, “Mahallada duv-duv gap”, “Chinor ostidagi duel”, “Ali bobo va qirq qaroqchi” kabi filmlardagi rollari bilan mashhur hisoblanadi. Shuningdek, aktyor dublyaj sohasida ham oʻz oʻrniga ega boʻlgan.