2024-yil mart oyida uyda qanday filmlar koʻrish mumkin?

E’lon qilingan sana· 3 807
2024-yil mart oyida uyda qanday filmlar koʻrish mumkin?

Bahorning birinchi oyi bizga koʻplab omadli boʻlishi kutilayotgan filmlarni sovgʻa qiladi.

Filmlar

“Мегамозг против Синдиката рока”

Megamind vs. The Doom Syndicate
Janr: multfilm, jangari, komediya, sarguzasht, oilaviy.
Premyera sanasi: 1-mart kuni Peacock platformasida.

Hech kim bunday boʻlishini xohlamagandi, lekin “Megamiya” faqatgina Peacock platformasiga qaytmoqda. Multfilm “Megamiya” (2010) filmining davomi va xuddi shu kuni premyera qilinadigan “Megamiya boshqaruvchi!” multserialining pilot qismidir.

Sinopsis: Metro-sitining yangi himoyachisi Megamiya oʻzining sobiq yovuz sheriklariga qarshi turish uchun jamoa yigʻadi.


“Космонавт”

Spaceman
Janr: fantastika, drama, sarguzasht.
Premyera sanasi: 1-mart kuni Netflix platformasida.

Adam Sendler Netflix bilan samarali munosabatlarga ega. Bu safar u Yaroslav Kalfarjning “Bogemiyadan kelgan kosmonavt” kitobi asosida suratga olingan fantastik dramasida rol ijro etdi. Rejissyor Yoxan Renk boʻlib, u avvalroq “The walking dead”, “Breaking Bad”, “Chernobyl” va “Vikings” filmlarida ishlagan. Hayratlanarli portfolio.

Sinopsis: Yaqin kelajakda astronomlar kometadan qolgan sirli chang bulutini topdi. Ushbu hodisani oʻrganish uchun ekspeditsiya yuborish kerak, ammo barcha kosmik kuchlar bu xavfli tashabbusni rad etadi. Chex astrofiziki Yakub koʻngillilar qatorida boʻladi. Parvoz paytida u dahshatli yolgʻizlikni, qadimgi mavjudot — Xanush bilan tanishishni va boshqa muammolarni boshdan kechiradi.


“Рики Стэники”

Ricky Stanicky
Janr: komediya.
Premyera sanasi: 7-mart kuni Amazon Prime Video platformasida.

Zak Efron va Jon Sena yangi komediyada birga rol ijro etdi. Ehtimol, bu qoʻpol va ahmoqona hazillarga boy yomon film boʻlishi mumkin. Chunki “Ahmoq va yanada ahmoqroq 2” va “Film 43” rejissyorlaridan biri Piter Farrelli bu kinoga ham rejissyorlik qiladi. Ammo unutmaslik kerakki, Farrelli Oskar mukofotiga sazovor boʻlgan “Yashil kitob” filmi rejissyori hisoblanadi.

Sinopsis: bolalikdan yaqin boʻlgan ikkisi ularga qiyin vaziyatlardan chiqishga yordam bergan xayoliy doʻstini topadi. Qahramonlar 20 yildan so‘ng o‘sha xayoliy do‘st rolini o‘ynash uchun aktyor yollaganlarida esa yolg‘on nazoratdan chiqib ketadi.


“Дева и дракон”

Damsel
Janr: fentezi, jangari, sarguzasht.
Premyera sanasi: 8-mart kuni Netflix platformasida.

Milli Bobbi Braun ham Sendler kabi bizga kuchli va mustaqil malika haqidagi fantastik filmni taqdim etadi.

Sinopsis: Itoatkor qiz chiroyli shahzodaga turmushga chiqishga rozi boʻladi, lekin bularning barchasi tuzoq ekanligini va qirol oilasi uni qadimiy qarzini toʻlash uchun qurbonlik sifatida tanlagani aniqlanadi. Keyin u olovli ajdaho boʻlgan gʻorga tashlanadi va omon qolish uchun faqat aqli va irodasiga tayanadi.


“Ирландская мечта”

Irish Wish
Janr: fentezi, melodrama, komediya.
Premyera sanasi: 15-mart kuni Netflix platformasida.

Arzon romantik komediyalar va Lindsi Loxanni sogʻindingizmi? Qabul qilib olishingiz mumkin.

Sinopsis: Meddi doʻstining toʻyida qatnashish uchun Irlandiyaga boradi. Ammo bir nyuans bor — doʻsti Meddi sevib qolgan odamga turmushga chiqmoqda.


“Дом у дороги”

Road House
Janr: jangari, triller, kriminal.
Premyera sanasi: 21-mart kuni Prime Video platformasida.

Balki, bu mart oyida striming sevislarida eng koʻp kutilgan filmdir. Eng kamida bu 1989-yilda chiqqan va Patrik Sueyzi rol ijro etgan filmning remeykidir. Buyuk aktyorning oʻrnini undan kam boʻlmagan Jeyk Jillenxol egallaydi va unga katta kinoda debyut qilayotgan boʻlgan Konor Makgregor hamrohlik qiladi.

Sinopsis: Dalton, sobiq UFC jangchisi, Florida-Kisdagi klubga ishga kiradi. Bu yoʻldi Dalton jismoniy va ruhiy azob chekadi. Soʻngida esa u shuhrat choʻqqisiga chiqadi.


Seriallar

“Режим” (mini-serial)

The Regime
Janr: drama.
Premyera sanasi: 3-mart kuni MAX platformasida.

Keyt Uinslet yana HBO mini-serialida rol oʻynamoqda, bu safar hokimiyatning beqarorligi haqidagi siyosiy satirada. Serial yaratuvchilari esa takabbur va hukumat odamlarining ustidan kulishni aniq biladigan ijodkorlardir.

Sinopsis: oʻz saroyini tark etmaydigan kansler Yelena Vernem paranoyaga uchrab, tobora harbiylarga tayanib bormoqda. U oʻz hokimiyatini kengaytirish va mustahkamlashga intiladi, lekin uning rejimi oxir-oqibat qulay boshlaydi.


“Джентльмены”

The Gentlemen
Janr: jangari, komediya, kriminal.
Premyera sanasi: 7-mart kuni Netflix platformasida.

Nihoyat, Gay Richi yana ingliz banditlari bilan shugʻullanmoqda. Bu serialning bir necha epizodlariga rejissyorlik qilayotgan Richining xuddi shu nomdagi kinokartinasi spin-offidir. Ssenariy esa deyarli butunlay taniqli rejissyorning oʻziga tegishli, shuning uchun film sifatiga shubha qilishning hojati yoʻq.

Sinopsis: filmning bosh qahramoni Eddi Xelsted ismli yigit boʻlib, u olgan katta meros Mikki Pirsonning giyohvandlik imperiyasi bilan bogʻliqligini bilib qoladi.


“Яблоки никогда не падают” (mini-serial)

Apples Never Fall
Janr: drama, detektiv.
Premyera sanasi: 14-mart kuni Peacock platformasida.

Detektiv bestseller kitoblarni serial sifatida suratga olish boʻyicha shuhrat qozongan yana bir vakil. Bu safar Lian Moriartining (“Katta kichik yolgʻon” va “Toʻqqizta begona odam”) xuddi shu nomdagi kitobini suratga oldi.

Sinopsis: bosh qahramonlar — ikki turmush oʻrtoq Sten va Joy Deleyni va ularning toʻrtta katta yoshli farzandlari. Bir kuni oilaga Savanna ismli gʻalati qiz kelib qoladi, u tezda Joyning sevimli qiziga aylanadi. Keyin esa birdan Joy va Savanna gʻoyib boʻladi.


“Охота за убийцей”

Manhunt
Janr: triller, drama.
Premyera sanasi: 15-mart kuni AppleTV+ platformasida.

Bu Jeyms L. Suonson adabiy tadqiqotining ekranlashtirilgan variantidir. Serial juda ajoyib va boy koʻrinadi. Apple ishlab chiqarish daavomida doim yashil rangda turadigan oʻsimliklarni ayamagani aniq.

Sinopsis: Serial Avraam Linkolnni oʻldirgan odamning qidirilishi haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon qotilni topishga va shtatda tartibni saqlashga harakat qilayotgan harbiy vazir Edvin Stenton.


“Палм-Рояль” (mini-serial)

Palm Royale
Janr: drama.
Premyera sanasi: 20-mart kuni AppleTV+ platformasida.

Bu Julyet MakDanielning “Janob va xonim Amerika pirogi” romani asosida ssenariy muallifi Abe Silviya (“Temmi Feyning ko‘zlari” va “Abadiy alvido”) tomonidan ishlangan tarixiy komediyadir. Aynan shu filmdan keyin men mart kinofilmlar oyi ekanini angladim.

Sinopsis: Bir ayol Palm-Bichning yuqori tabaqali jamiyatida oʻzini koʻrsatishga intiladi, bu jarayonda u yuqori tabaqali jamiyat nima ekani va unga erishish uchun nima qilishni xohlamasligini tushunib oladi.


“Люди Икс '97”

X-Men '97
Janr: multfilm, fantastika, fentezi, jangari, sarguzasht, oilaviy.
Premyera sanasi: 20-mart kuni Disney+ platformasida.

“Oldskullar birlashing” rubrikasi. Bu 1992-yilgi “Radioaktiv odamlar” animatsion serialining toʻgʻridan-toʻg'ri davomi boʻlib, soʻnggi voqealardan keyin nima sodir boʻlgani haqida hikoya qiladi. Ajoyib va koʻpchilik tomonidan sevib tomosha qilingan multfilm taklif etilmoqda.

Sinopsis: Professor Ksavye vafot etdi va uning oʻrniga yovuz Magneto keladi.


“Задача трех тел”

3 Body Problem
Janr: fantastika, fentezi, drama, detektiv, sarguzasht.
Premyera sanasi: 21-mart kuni Netflix platformasida.

“Taxtlar oʻyini” seriali rejissyorlari tomonidan Lyu Tsisinning xuddi shu nomli kitobi asosida ishlangan va uzoq kutilgan fantastik serial.

Sinopsis: “Madaniy inqilob” davrida Xitoy kosmosdagi sivilizatsiyalardan javob olish uchun koinotga signal yuboradi. Bu XXI asrning boshiga toʻgʻri keladi: noma’lum kuchlar insoniyatning ilmiy taraqqiyotini sekinlashtirishga harakat qilmoqda.


“Нам повезло” (mini-serial)

We Were the Lucky Ones
Janr: drama, tarixiy, harbiy.
Premyera sanasi: 28-mart kuni Hulu platformasida.

Toʻplamimizdagi yana bir ekranlashtirilgan film. Bu safar Jorjiya Xanter oʻz oilasi tarixiga asoslanib yozgan “Biz baxtli boʻlgan kun” tarixiy romani filmga aylantirildi. Bosh rollarda Joy King va Logan Lerman.

Sinopsis: Ikkinchi jahon urushi paytida ajralgan polyak-yahudiy oilasi omon qolgach yana birlashishga harakat qiladi.


“Ронья, дочь разбойника”

Ronja Rövardotter
Janr: fentezi, drama, sarguzasht, oilaviy.
Premyera sanasi: 28-mart kuni Netflix platformasida.

Ushbu serial diqqat bilan koʻrib chiqishga arziydi, chunki u dunyoga mashhur bolalar adabiyoti yozuvchisi Astrid Lindgrenning hikoyalari asosida yaratilgan. Uning asarlari orasida Bola va Karlson haqidagi trilogiya va Uzunpaypoq Peppi haqidagi hikoyalar bor.

Sinopsis: syujet qaroqchilar atamani Mattis va uning turmush oʻrtogʻi Lovisning qizi haqida hikoya qiladi. Qiz raqib boʻlgan banditlar toʻdasi rahbarining oʻgʻli Birk bilan tanishadi va uni sevib qoladi.


“Отступница Нелл”

Renegade Nell
Janr: fentezi, jangari, drama, sarguzasht, tarixiy.
Premyera sanasi: 29-mart kuni Disney+ platformasida.

Ushbu yangi premyeradan nimani kutish mumkinligini aytish qiyin, ammo serial Disney’ning odatiy bolalar shousiga oʻxshamaydi. Koʻramiz, albatta.

Sinopsis: Nell Jekson qotillikda ayblanadi, XVIII asr Angliyasida qaroqchiga aylanadi va mamlakatning eng qoʻrqinchli tahdidiga aylanadi. Ammo Billi Blind ismli sehrli ruh paydo boʻlganda, Nell taqdiri oʻzi tasavvur qilganidan ham buyukroq ekanini tushunadi.


“Джентльмен в Москве”

A Gentleman in Moscow
Janr: triller, drama, tarixiy.
Premyera sanasi: 29-mart kuni Showtime platformasida.

Mart oyining oxirgi yirik seriali. Biz buni intiqlik bilan kutmoqdamiz, hech boʻlmaganda asosiy rollarni Yuan Makgregor va uning rafiqasi Meri Elizabet Uinsted oʻynagani uchun.

Sinopsis: graf Aleksandr Rostov 1922-yilda Yevropadan Rossiyaga qaytib keladi va bu yerdagi yangi Sovet hukumati tomonidan sud qilinadi. Rostov gʻayrioddiy surgunga yuboriladi. Qahramonimiz Metropol mehmonxonasida yashashi va uni tark etmasligi kerak. Mehmonxonadagi grafning doʻstlari — 9 yoshli qiz Nina va taniqli aktrisa Anna.

Roman Knishev
Muallif
Roman Knishev