Toshkent xalqaro aeroporti haqida film suratga olinadi
E’lon qilingan sana: · 1 237
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti vakillari hamda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda film suratga olinishi rejalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda markaz axborot xizmati.
Mazkur loyihada Toshkent xalqaro aeroporti faoliyati, tarixi, tizimdagi yangiliklar aks etishi koʻzda tutilgan.
Maʼlumotlarga koʻra, hujjatli film fuqaro aviatsiyasi tashkil etilganiga 100 yil toʻlishi munosabati bilan may oyida premyera qilinishi kutilmoqda.