"Yakshanba" yana ikkita xalqaro mukofot bilan taqdirlandi
Rejissyor Shokir Xoliqov tomonidan suratga olingan “Yakshanba” filmi Fransiyaning Vesul shahrida oʻtkazilgan “Xalqaro Osiyo filmlari festivali” (“Le Festival international des cinémas d’Asie, FICA”)da “Tomoshabin mehrini qozongan film” nominatsiya boʻyicha hamda kinotanqidchilar mukofotini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi axborot xizmati xabar bermoda.
Mazkur kinofestival 1994-yil tashkil etilgan boʻlib, har yil fevral oyida oʻtkaziladi. Bu yil kinofestival tashkil etilganligining 30 yilligi nishonlandi. Asosiy tanlovda 9 ta film ishtirok etgan boʻlib, “Yakshanba” badiiy filmi ham ushbu roʻyxatdan joy olgan edi.
Rossiyalik kinotanqidchi Anton Dolin oʻzbekistonlik Shokir Holiqov filmini Markaziy Osiyoning Top-5 ta kartinalar roʻyxatiga kiritgan edi.