Oʻzbek kinosi va teatri arbobi Turgʻun Azizovni xotirlab: afsona ijodiga nazar

E’lon qilingan sana· 434
Oʻzbek kinosi va teatri arbobi Turgʻun Azizovni xotirlab: afsona ijodiga nazar

Kecha, 22-yanvar kuni Oʻzbek Milliy akademik drama teatri ustoz sanʼatkori, Oʻzbekiston xalq artisti, Davlat mukofoti sovrindori, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibi Turgʻun Azizov 90 yoshda vafot etdi. Afisha.uz buyuk afsonani xotirlab, uning ijodidagi eng mashhur film va spektakllarni eslaydi.

Turg‘un Azizov 1934-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1953-yili o‘rta maktabni tugatib, A.N.Ostrovskiy nomidagiToshkent davlat badiiy-teatr institutini drama va kino fakultetiga o‘qishga kirgan. U talabalik yillaridayoq Shillerning “Sevgi va makkorlik” pyessasida Fernand rolini ijro etgan. Keyinchalik ustozi Toshxo‘ja Xo‘jayev taklifiga binoan, Hamza nomidagi O‘zbekiston milliy akademik teatriga ishga kiradi va bu maskanda 50 yildan buyon faoliyat yuritib kelgan. 1980-yildan O‘zbekiston madaniyat institutida talabalarga san’at sirlarini o‘rgatib kelgan.

Teatrdagi faoliyati davomida bir qator taniqli rollarni ijro etgan: “Sevgi va makkorlik” F.Shiller — Ferdinand, “Vanya amaki” A.P.Chexov — Vanya Amaki, “Boy ila xizmatchi” Hamza — G‘ofur, “Qutlug‘ qon” Oybek — Yo‘lchi, “Qizil durrachali sarvqomatim” Ch. Aytmatov — Ilyos, “Shon-sharaf” A. Shirvanzade — Sayram, “Noma'ulm” I. Sultan — Niyoz, “Monserra” E. Roblesa — Monserra, “O‘g‘irlangan hayot” Morimoto Kaoru — Eydzi, “Tirik murda” L. Tolstoy — Protasov, “Qirol Lir” Shekspir — Edmund, “Otello” Shekspir — Otello, “Mirzo Ulug‘bek” Shayxzoda — Mirzo Ulug‘bek, “Revizor” N.Gogol — Gorodnichiy, “Inqilobning boshlanishi” K.Yashin — Amir Olimxon, “Alisher Navoi” I. Sultan va Uyg‘un — Husayn Boyqaro.

Kinoda Amir Olimxon (“Gang uzra tong”), Bakir (“Maftuningman”), Amir Nasrullo (“Nodirabegim”), Ota Maqsumov (“Uzoq-yaqin yillar”), Mirzakarimboy (“Parol — Regina mehmonxonasi”), Dadaboy (“Qoʻqon voqeasi”, telefilm) kabi obrazlar yaratdi.

“Maftuningman” filmi barchamiz sevib tomosha qiladigan retro kinokartinalaridan biridir.

Undagi Botir Zokirovning “Maftun boʻldim” qoʻshigʻi filmni yanada mashhur qilgan.

Fotoarxiv

Oʻzbekiston xalq artistlari Toʻlqin Tojiyev hamda Turgʻun Azizov.
“Oʻgʻrini qaroqchi urdi” spektakli.
“Qirol lir” spektakli.

“Mirzo Ulugʻbek” spektakli. Berdiyor obrazi.

Ustoz sanʼatkor Dilbar Ismoilova bilan.

Abduraimov Abduvahobov bilan.

Oʻzbek Milliy Akademik drama teatrining ustoz sanʼatkorlari. Oʻngdan chapga: Oʻzbekiston xalq artistlari Muqaddas Xoliqova, Turgʻun Azizov, Rixsixon Ibrohimova, Tesha Moʻminov hamda Gavhar Zokirova.

Oʻzbek milliy akademik drama teatri ijodkorlari bilan.

Oʻzbek milliy akademik drama teatri va Kinematografiya agentligi axborot xizmati fotosuratlaridan foydalanildi.