Hafta kinopremyeralari: 4-yanvar

E’lon qilingan sana· 1 418
Hafta kinopremyeralari: 4-yanvar

4-yanvar kuni butun mamlakat kinoteatrlarida beshta film premyerasi namoyish etiladi: “Холоп 2”, “Догмен” va boshqalar.


“Холоп 2”

Sobiq major Grisha, “oʻtmish” ga sayohat qilgandan soʻng, har qanday adolatsizlikka nisbatan ta’sirchan boʻlib qoaldi. Va, albatta, u magʻrur Katya yaratadigan tartibsizlikni e’tiborsiz qoldira olmaydi. Lekin, majorka tez orada boshqa vaqtda paydo boʻlib qolishi ajablanarli emas.

Seanslar jadvali.


“Догмен”

U itlarni dunyodagi hamma narsadan yaxshiroq tushunadi. Va ular uning har qanday vazifasini bajarishga tayyor — oʻgʻirllik, qoʻrqitish va hatto quymoq pishirishni ham. Dogmen odatiy komiks muqovasidagi superqahramon emas. U odamlarning muammolari haqida qaygʻurmaydi, muhimi, itlar toʻdasi mamnunmi yoki yoʻq, shunisi qiziqtiradi. Ammo u shaharni nufuzli narkobaron egallab olganida, uni qutqarishi mumkin boʻlgan yagona odamdir.

Seanslar jadvali.


“Каменщик”

Bosh qahramon Chikagoda gʻisht teruvchi boʻlib ishlaydi. Ilgari Stiv Veyl FQBning eng yaxshi agentlaridan biri boʻlgan, biroq bir necha yil oldin sharmandalik bilan ishdan boʻshatildi. Va shunga qaramay, FQB direktorining oʻrinbosari Stivga murojaat qilishga qaror qiladi. Gap shundaki, FQB javobgarlikka tortolmagan jinoyatchilar sirli sharoitda o‘lmoqda. Byuroning obroʻsi xavf ostida. Jinoyatchini qidirish uchun yuborilgan eng tajribali ofitserlar esa halok boʻldi.

Seanslar jadvali.


“Человек-невидимка. Возвращение легенды”

London bir qator murakkab jinoyatlar sababli larzaga keldi. Shahar boʻylab mish-mishlar tarqalmoqda, bu oʻliklar dunyosidan qaytgan koʻrinmas odam bilan bogʻliq. Koʻrinmas sharpa tanasini qayta tiklash va butun dunyo ustidan hokimiyatga ega boʻlish uchun imkon qadar koʻproq jonlarni soʻrib olmoqda.

Seanslar jadvali.


“Астрал. Новые души”

Oʻrta maktab oʻquvchisi Rakka oʻliklarning ruhlarini koʻrish kabi gʻayritabiiy qobiliyatga ega. U yangi maktabga oʻtganida, uni sirli qizning sharpasi ta’qib qiladi. Yigit bu sharpaning oʻziga nisbatan zoʻravonlik ishlatganlardan qasos olayotganini bilib oladi. Biroq, u tez orada uning qudrati oʻsib borayotganini tushunadi: endi u barchaning jonini olishni xohlaydi, butun maktabni xavf ostiga qoʻyadi.

Seanslar jadvali.