2024-2025-yillarda Hollivud xitlari kinoteatrlarda o‘zbek tilida ham premyera qilinadi

E’lon qilingan sana· 225
2024-2025-yillarda Hollivud xitlari kinoteatrlarda o‘zbek tilida ham premyera qilinadi

21-dekabrdan O‘zbekiston kinoteatrlarida “Akvamen va yo‘qotilgan qirollik “blokbasterining premyerasi boshlanishi haqida xabar bergandik.

“Aquaman va Yo‘qotilgan qirollik” dublyajini muvaffaqiyatli tugatgandan soʻng Warner Bros. 2024−2025-yillarda asosiy filmlarni o‘zbek tiliga dublyaj qilish tashabbusini davom ettirish rejalarini ma’lum qildi.

O‘zbek tiliga dublyaj qilinishi kutilayotgan filmlar quyidagilardan iborat:

“Dune: Ikkinchi qism”

“Godzilla va Kong: Yangi imperiya”

“Furioza: Telba Maks yilnomalari”

“Joker: Ikki kishi uchun telbalik”

“Supermen: Meros”

“Betmen. 2-qism”