“Yakshanba” filmi Qirg‘izistondagi xalqaro kinofestivalda gran-prini qo‘lga kiritdi
E’lon qilingan sana: · 276
Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan «Aytmatov va kino» I xalqaro kinofestivalida rejissyor Shokir Xoliqovning «Yakshanba» badiiy filmi «Eng yaxshi film» nominatsiyasi bo‘yicha gran-pri sovrinini ko‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy Kinematografiyani rivojlantirish markazi mabuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlumot uchun, «Yakshanba» filmi XV Toshkent xalqaro kinofestivalining Markaziy Osiyo filmlari tanlovida «Eng yaxshi film» deb topilgan edi. Shuningdek, film Shanxay xalqaro kinofestivalida «Osiyoning yangi iqtidorlari» nominatsiyasida ham g‘olib bo‘lgan.
Avvalroq rossiyalik kinotanqidchi Anton Dolin Shokir Holiqov filmini Markaziy Osiyoning Top-5 ta kartinalar ro‘yxatga kiritgani haqida xabar bergandik.