YouTube`da "Armon" filmining premyerasi bo'lib o'tadi

E’lon qilingan sana· 644
YouTube`da "Armon" filmining premyerasi bo'lib o'tadi

YouTube platformasiga BWG Production kompaniyasi tomonidan 7SABER koʻmagida suratgaolingan yangi “Armon” filmi yuklanmoqda. U jadidchilik tarixi haqida hikoya qiladi. Film rejissyori- Ruslan Soliyev, saund-prodyuser — Kamron To’ychiyev.

Filmda Jadidchilik harakatini oʻrganadigan dunyoning ilgʻor tadqiqotchilari, shuningdek progressistlarning avlodlari XIX-XX asrlarda roʻy bergan tarixiy voqealar haqida oʻz hikoyalari bilan boʻlishadilar. Ular orasida Hamidulla Boltaboyev, Qahramon Rajabov, Dilorom Alimova, Baxtiyor Hasanov, Timur Koʻjaoʻgʻlu, Shayx Nuriddin Holiqnazar, Sulaymon Inoyatov, Xondamir Qodiriy, Kristofer Jeyms Fort, Nigora Rahimjonova, Azalshox Hamroyev, Mavluda Rahmonova, Rudolf Barxet, Shohruh va Farrux Behbudiy, Gavhar Zokirova, Shuhrat Saidjonov, Furqatbek Yakvalxojiyev, Adib Xalid, Marianna Kamp, Sergey Abashin, Mark Riz kabi kishilar bor.

“Armon” filmi jadidchilikka asos solinishi tarixi, uning namoyondalari taqdiri, 1917-yilgi siyosiy voqealarining islohotchilar harakatiga ta’siri, shuningdek jadidlarning Oʻzbekiston tarixida qoldirgan izi haqida haqida hikoya qiladi. Bundan tashqari, film gender tenglik masalalariga e’tibor qaratadi va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridagi progressistlar harakatlariga ham toʻxtaladi.

“Armon” filmida Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlardan mashhur aktyorlar rol oʻynagan: Manizha, Askar Ilyasov, Erkin Bozorov va Said-Abdulaziz Yusupov.

Filmni suratga olish ishlari Oʻzbekiston, Rossiya va Turkiya davlatlarida boʻlib oʻtdi. Loyiha ustida 2 yil davomida ishlandi.

“Ulkan jamoa butun qalbi bilan kirishgan ushbu loyihani tugatish uchun ikki yildan ortiq vaqt ketdi. Bu murakkab va dardga toʻla film. 1,5 soat davomida hamma qahramonlar va barcha voqealar haqida toʻliq hikoya qilib boʻlmaydi, albatta. Lekin jadidchilik mavzusi trendda ekanligi meni chin dildan quvontiradi. Shuningdek, progressistlar haqida qancha koʻp hikoya qilinmasin, shuncha oz, chunki jadidlar xotirasi oldida juda qarzdormiz. Umuman bugungi tahlikali zamonda bu oʻta muhim mavzu”, — deya ta’kidlaydi Ruslan Soliyev.

“Armon” — BWG Production kompaniyasi va hamfikrlar jamoasining ulkat mehnati singgan film. Postavnokachi operatorlar Sarvar Sobirov va Ulugʻbek Hamrayev filmga oʻziga xos vizualkayfiyat bagʻishlashgan, vizual effektlar uchun United Soft jamoasi mas’ul boʻlgan, Nomad Creators aktyorlar liboslarini yaratgan. Umuman olganda, film ustida bir necha yuzlab kishilarmehnat qilishgan.

“Armon” filmining YouTube platformasidagi premyerasi 20-noyabr kuni 20:00 da boʻlib oʻtadi.