Talabalar hayoti haqidagi eng yaxshi filmlar va o'zbekcha seriallar

E’lon qilingan sana· 1 049
Talabalar hayoti haqidagi eng yaxshi filmlar va o'zbekcha seriallar

Bugun, 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni. Shu munosabat bilan ushbu maqolamizda talabalar hayoti aks ettirilgan eng yaxshi filmlarni eslab o’tamiz va ushbu filmlarni ko’rmagan bo’lsangiz, tavsiya qilamiz.

Умница Уилл Хантинг (1997)

Mett Deymon daho matematik yigit rolini ijro etgan. Ssenariyni esa Mett Deymonning o’zi va uning o’rtog’i Ben Afflek birgalikda yozishgan. Filmda ikkalasi ham rol ijro etgan. Shuningdek, Robbi Uilyamsning bu filmdagi o’ynagan roli ham ancha ahamiyatli.

Uill Xanting 20 yoshli bostonlik vunderkind bo’lib, u doimiy muammolarga duch kelish “qobiliyatiga” ega. Politsiya uni navbatdagi mushtlashuvi uchun hibsga olganida, matematika professori uni o’z qanoti ostiga oladi, lekin bir shart bilan: u iroda psixoterapiyadan o’tishi kerak. Ishonchsizlik bilan boshlangan “qayta tarbiyalash” mashg’ulotlari asta-sekin Uill va uning ustozi o‘rtasidagi do‘stlikka aylanadi.


Общество мертвых поэтов (1989)

Bu filmda ham Robbi Uilyamsning aktyorlik mahoratidan bahramant bo’lish mumkin. U ushbu filmda kollej o’qituvchisi Jon Kiting rolini o’ynaydi.

Jon Kiting — kollejga yangi kelgan konservativ ingliz professori. Uni o’qituvchilarning asosiy massasidan ajratib turadigan narsa uning muloqot qilish usuli va qobiliyati, u o’quv dasturiga e’tibor bermaydi, uning o’z uslubi bor. Bir kuni u o’z o’quvchilariga “O'lik Shoirlar Jamiyati” sirlarini ochadi. Shu daqiqadan boshlab, har bir o’quvchi kulrang maktab panjarasidan sakrab o’tib, she’rlar o’qish uchun bir joyda yig’ila boshlashadi.


Вундеркинды (2000)

Aktyorlar tarkibi shunchaki ajoyib: Maykl Duglas, Tobi Maguayr, Robert Dauni, Frensis Makdormand.

Tugallanmagan roman, o’g’irlangan mashina, o’ldirilgan it va to’xtatilgan nikoh — bu bir-bir ayni damda mavjud bo’lgan muammolarning bir qismi xolos. Bir kuni aql bovar qilmas dam olish kunlaridan birida professor Gredi Tripp nazoratidan chiqib ketgan hayotida hammasini joy-joyiga qo’yishga harakat qiladi.


Блондинка в законе (2001)

Elle Vudsning rejalari bir zumda barbod bo‘ladi: sevgilisi bilan navbatdagi uchrashuv ajralish bilan yakunlanadi va u orzu qilgan hayoti bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keladi. Kollejdagi eng chiroyli yigit “blondinka” tashlab ketadi. Garvard yuridik fakultetining bo’lajak talabasi (yigiti) buni Ellening yetarlicha jiddiy va aqlli qiz emasligi bilan izohlaydi. Vuds taslim bo’lmoqchi emas: bir-ikki quti shokolad yeb o’zini tiklab olgan yosh xonim Garvardga kirishga qaror qiladi. Va bu qaror qahramon uchun yangi eshiklarni ochadi: u har kuni nafaqat pushti liboslari, balki ajoyib aql-zakovati bilan ham atrofidagilarni hayratda qoldirib, o’z imkoniyatlarini anglay boshlaydi.


Каждому свое (2016)

Rejissyor Richard Linkleyter tomonidan suratga olingan komediya.

Jeyk kollejda o’qiydi va 80-yillar Amerikasining betashvish hayoti bilan yashaydi. U ilk bor mustaqil bo’lish, erkinlik hissini va kattalar hayotining ta’mini his qiladi. Shunchalik berilib ketadiki, hatto oqibatlari haqida ham o’ylamaydi.


Нас приняли! (2006)

O’rta maktab bitiruvchisi Bartlbi Geyns oliygohga kirishga urinib, sakkizinchi marta rad javobini oladi. Bu, albatta, uning ota-onasiga yoqmasligi aniq. Yaxshiyamki, u yolg’iz emas. Bir nechta sinfdosh do’stlar bir xil muammoga duch kelishgan.

Xo’sh, qanday qilib dunyoqarashi unchalik keng bo’lmagan oddiy yigit ota-onasini tinchlantirishi va go’zal Monikaning mehrini qozonishi mumkin? U shunchaki o’z universitetini ochadi…


Мачо и ботан 2 (2014)

Chenning Tattum va Jona Xill asosiy rolda. Bu filmning nega aynan sikvelini qo’shishga qaror qildik? Chunki aynan shu qismida asosiy qahramonlar maxsus topshiriqni bajarish uchun oliygoh talabasiga aylanishadi.

Ofitserlar Shmidt va Jenko endi mahalliy kollejda yashirincha ishlashlari kerak. Biroq, Jenko futbol jamoasida do’stlar orttirganda va Shmidt kollej sahnasiga chiqqanida, ular bir-birining sheriklik munosabatlariga shubha bilan qaray boshlashadi…


Факультет (1998)

Ro’yxatimizga bitta horror-film ham qo’shishga qaror qildik. Albatta, bu komediya (shuningdek, fantastika, triller va detektiv qorishmasi) aralash horror.

Harrington kolleji o’zining obro’sini yo’qotganiga ancha bo’ldi. Uning eskirgan yo’laklari har kuni Amerika yoshlari bilan to’lib-toshadi: faqat yolg’iz yuradiganlar va liderlar, takabburlar va narkomanlar, aqlli yigitlar va ahmoqlar, hammasi aralash. Bir kuni talabalar dahshatli haqiqatni bilib qolishadi: ularning o’qituvchilari boshqa sayyoradan kelgan kimsalar bo’lib chiqadi! Oldin bir-biriga toqat qila olmaydigan yoshlar o’zga sayyoraliklar bosqinidan qutulish uchun birlashishga majbur bo’lishadi…


“Три идота” (Uch savdoyi) (2009)

Hindlarda ham bugungi mavzumizga mos tushadigan yaxshi filmlar bor ekanini vaqtida eslab qoldim. Ushbu film ko’p bor milliy telekanallarimizda namoyish etilgan.

Ikki do’st yo’qolgan do’stini qidirishga tushadi. Bu sayohat davomida ular o’zaro eski nizolariga qaytishlariga, birovning to’yini buzishlariga va dafn marosimida qatnashishlariga to’g’ri keladi. Ular o’zlarining do’sti, to’xtovsiz va erkin fikrlaydigan Ranchoni eslab qolishadi, u qandaydir hayratlanarli tarzda ularning hayotiga kirib, undagi hamma narsani o’zgartirib yuboradi.


Студент года (Yil talabasi) (2012)

Ular yosh, shuhratga tashna va hali mag’lubiyatning ta’mini bilishmaydi. Ammo bir kun kelib ular haqiqiy kattalar hayotiga qadam qo’yishlari kerak va nega endi bu ishni yangi o’quv yilida qilmaslik kerak ekan. Dekan o’z talabalaridan faqat bittasiga eng yaxshi talaba maqomini berishini aytadi. Ommaviy o’qish va sport bilan shug’ullanish fonida boshqa bir xil darajada muhim voqealar ham sodir bo’lmoqda. Misol uchun, qizlarning sevimlisi Rohan Nanda kamtarin va jiddiy Abxi Singx uning raqibi bir-biri bilan to’qnash kelishadi. Ammo vaqt o’tishi bilan bu yigitlar o’rtasidagi qarama-qarshilik kuchli do’stlikka aylangan bo’lsa-da, sevgi ularning do’stligiga nizo solsa nima bo’ladi? Kollejning birinchi raqamli go’zali Shaniya bu munosabatlarni buzmaslik yo’lini topa oladimi? Axir, endi uning yuragi faqat bittasigagina tegishli emas…


O’zbekcha seriallar:

“Bugungi mavzu”

“Universitetda boʻlish oson emas, ammo boʻlmaslik undan ham qiyin” shiori ostida taqdim etilgan ushbu serial talaba yoshlarni qiynab kelayotgan bir qator aktual muammolar, real voqea va hodisalarni ochib bergan.

“Bugungi mavzu” web-serialining barcha qismlarini ushbu havola orqali o’tib tomosha qilish mumkin.


“Oltin davrim”

Talabalar hayoti haqidagi o’zbekcha sitkom. Serialning barcha qismlarini YouTube`dan topish mumkin.

Nazarbek Nazarov
Muallif
Nazarbek Nazarov