Bokschi Bahodir Jalolov haqida badiiy film suratga olinmoqda
E’lon qilingan sana: · 759
Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov haqida badiiy film suratga olinmoqda, deya xabar bermoqda Milliy Kinematografiyani rivojlantirish markazi axborot xizmati.
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olinayotgan «Yengilmas. Tokioga yo‘l» filmi ssenariy mualliflari — Sergey Kuzmenix, Nurillo Narzullayev va Sultonbek Abbosov. Ushbu filmda Tokioda bo‘lib o‘tgan Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida g‘alabaga erishgan Bahodir Jalolovning xalqaro yutuqlari haqida hikoya qilinadi.
E‘lon qilingan videodan ko‘rish mumkinki, bokschi obrazini aktyor Ulug‘bek Qodirov gavdalantirgan.
Ta‘kidlanishicha, kinokartinaning suratga olish ishlari davom etmoqda.