“Kalmar o‘yini” realiti-shousining to‘liq treylari e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 375
“Kalmar o‘yini” realiti-shousining to‘liq treylari e’lon qilindi

Netflix “Kalmar o‘yini” seriali asosida tashkil etilgan realiti-shou treylerini e’lon qildi. Unda ishtirokchilar pul yutug‘i uchun xuddi serialdagi kabi shartlarni bajaradi.

The Chellenge deb nomlangan ushbu shouda 456 ta haqiqiy qatnashchi bor, ular 4,56 million dollar pul mukofoti uchun kurashadi. O‘yinlar xuddi “Kalmar o‘yini” kabi tashkil etilgan.

Rasmiy treyler izohida “Do‘st orttir. Dushman orttir. Millionlar ishlab top”, deb yozilgan. Shou 22-noyabr kuni Netflix platformasida e’lon qilinadi.