Hafta kinopremyeralari: 12-oktabr

E’lon qilingan sana· 242
Hafta kinopremyeralari: 12-oktabr

12-oktabr kuni butun mamlakat kinoteatrlarida bir nechta film premyeralari boshlandi.

Yap Yangi Alomatxon

Ushbu film 1990-yilda suratga olingan va shov-shuvlarga sabab bo’lgan “Temir xotin” filmining qozog’istonlik kinoijodkorlar tomonidan qayta suratga olinishi hisoblanadi.

Seanslar jadvali.


Yasha, xotin

Film rejissyori Matyoqub Matchonovning aytishicha, kino ayollarga bag’ishlangan. “Yasha, xotin” nomli ushbu film komediya ruhida suratga olingan bo’lib, bosh rolni qozog’istonlik aktrisa Venera Nigmatulina ijro etgan. Bundan tashqari, Muqaddas Xoliqova, Matyoqub Matchonov, Ra’no Yarasheva, Saida Rametova, Shahzoda Matchonova kabi akterlar suratga tushgan

Seanslar jadvali.


“Исчезнувшая в звездах”

Ikki haftadan beri Xe Fey nikoh qurgan kunini nishonlash munosabati bilan Tailandga kelgan va orollardan birida g’oyib bo’lgan xotinini izlamoqda. To’satdan bir ayol paydo bo’lib, u Xe Feyning xotini ekanligini da’vo qiladi va xafa bo’lib, qo’shni orolda ikki hafta o’tkazganini aytadi. Erkak politsiyaga uning firibgar ekanligini isbotlamoqchi, biroq uning barcha hujjatlari mukammal tartibda, hatto uning shaxsini tasdiqlovchi guvohlar ham bor. Sobiq professional g’avvos Xe Fey kuchli dori-darmonlarni qabul qiladigan nevrologik kasallikka chalingani ma’lum bo’lgach, politsiya unga xotinining g’oyib bo’lishi bo’yicha ish ochishni rad etadi. Ko’p o’tmay, erkakning vizasi tugaydi va umidsizlikda u yordam so’rab mashhur advokatga murojaat qiladi.

Seanslar jadvali.


“Папа, не звезди”

Oddiy oziq-ovqat yetkazib beruvchi odam tasodifan xalqaro kosmik stansiyaga tushib qoladi. U tezda jahon yulduziga aylanadi va sakkiz yoshli qizi uchun qahramonga aylanadi. Endi u nafaqat kosmosda yashashni, balki Yerga qanday qaytishni ham o’rganishi kerak.

Seanslar jadvali.


“Северные амуры”

Hikoya ikkita urushni — rus-shved va 1812-yilgi fransuzlar-ruslar urushini boshdan kechirgan besh boshqird haqida. Fransuzlar ularni sevgi xudosi amur sharafiga Shimoliy amurlar deb atashadi — chunki otliqlar kamon va o’qlar bilan qurollangan edi. Ular kutilmaganda dushmanga hujum qilishardi va tezda orqaga o’tib, tutqich berishmasdi.

Seanslar jadvali.


“Паранормальное. Страна призраков”

Sayohat paytida yosh er-xotin g’alati joyda, yovuzlik hukm surayotgan “arvohlar mamlakatida” paydo bo’lishadi. Ma’lum bo’lishicha, ularning bu yerga kelishlari tasodif emas. Bu yerdan chiqishning yagona imkoniyati vasvasalardan va har xil tuzoqlardan qochishdir.

Seanslar jadvali.


“Капкан: Судная ночь”

Yuzini yashirgan shafqatsiz o’qchi bilan jangdan keyin omon qolish juda qiyin. Manyakning o’ziga xos falsafasi, hayot qoidalari va niyatlari bor, u o’sha kechada kim keyingi qurbon bo’lishini va kimni saqlab qolish kerakligini tanlaydi.

Seanslar jadvali.


“Изгоняющий дьявола: Верующий”

Tanner ichiga jin kirgan bolasini qutqarishga harakat qiladi, shuning uchun u ko’p yillar oldin Pazuzu nomli inferno ta’sirida bo’lgan Kris MakNilga yordam so’rab murojaat qiladi.

Seanslar jadvali.