Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida namoyish etiladigan filmlarni qayerda tomosha qilish mumkin?

E’lon qilingan sana· 639
Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida namoyish etiladigan filmlarni qayerda tomosha qilish mumkin?

29 sentyabr-2 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Ipak yo‘li durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida poytaxtning o‘nga yaqin kinoteatrlarida xorijiy filmlar namoyishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Toshkent xalqaro kinofestivali matbuot xizmati Afisha.uz`ga xabar berdi.

Parus Cinema, Riviera Cinema, Next Cinema, Compass Cinema, Aziya Cinema kabi kinoteatrlarda namoyishi belgilangan 50 dan ortiq xorijiy filmlar o‘zbek va ingliz tillaridagi subtitrlar bilan ko‘rsatiladi. Ular orasidan “Sargardon zamin 2” (Xitoy), “Ingliz tili darsi” (Janubiy Koreya), “Mening jinim” (Qozog‘iston), “Firʼavn, yirtqich va malika” (Fransiya), “Sadoqatli Hasan” (Turkiya), “G‘oliblar” (Buyuk Britaniya), “Skarlett” (Italiya), “Opa-singillar” (Latviya) kabi mashhur kinokartinalar o‘rin olgan.

Istalgan kino namoyishiga kirish bepul.

Filmlar to‘liq ro‘yxati va seanslar vaqti hamda lokatsiyasi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.