Netflix “Kalmar o‘yini” realiti-shousining tizer-treylarini e’lon qildi
E’lon qilingan sana: · 1 916
Netflix “Kalmar o‘yini” seriali asosida tashkil etilgan realiti-shou tizerini e’lon qildi. Unda ishtirokchilar pul yutug‘i uchun xuddi serialdagi kabi shartlarni bajaradi.
The Chellenge deb nomlangan ushbu shouda 456 ta haqiqiy qatnashchi bor, ular 4,56 million dollar pul mukofoti uchun kurashadi. O‘yinlar xuddi “Kalmar o‘yini” kabi tashkil etilgan.
Shou 22-noyabr kuni Netflix platformasidan premyera qilinadi.