Bir kechada ko'rib tugatsa bo'ladigan 7 ta mini-serial

E’lon qilingan sana· 649
Bir kechada ko'rib tugatsa bo'ladigan 7 ta mini-serial

Ba’zi insonlar seriallarni unchalik xushlamaydi. Sababi oddiy — ular uzoq davom etadi, oxirigacha tomosha qilishga sabr yetmaydi, ba’zan esa voqealar rivoji juda cho’zib yuboriladi. Xo’sh, siz shunday insonlar toifasiga kirsangiz, siz uchun yangilik bor. Sanoqsiz seriallar orasida qisqa, bir kechada ko’rib chiqsa bo’ladigan seriallar ham topiladi. Afisha.uz siz uchun aynan shunday mini-seriallarning eng yaxshilarini bir joyga jamladi.

Ход королевы (2020)

The Queen’s Gambit

  • Janr: drama
  • Davomiyligi: 7 ta qism (har biri 50 daqiqadan).
  • IMDb: 8,5.

Serial shaxmatchi qiz Elizabet Harmon haqida. 9 yoshida yetim qolgan qiz, katolik bolalar uyiga yuboriladi va u yerda Shaybel ismli farrosh janob unga shaxmat o’ynashni o’rgatadi.

“The Queen’s Gambit” ayniqsa qizlar va ayollar uchun qiziq bo’ladi, chunki bu yerda o’z maqsadiga ishonch bilan intilayotgan qiz tasvirlanadi.


Чернобыль (2019)

Chernobyl

  • Janr: tarixiy drama.
  • Davomiyligi: 5 ta qism (har biri bir soatdan).
  • IMDb: 9,5.

Tarixdagi eng dahshatli texnogen ofatlardan biri — Chernobil AESidagi avariyaga bag’ishlangan besh qismdan iborat HBO loyihasi fojianing o’zi va uning oqibatlarini bartaraf etish bilan bog’liq voqealarni tasvirlaydi.


Острые предметы (2018)

Sharp Objects

  • Janr: kriminal, drama.
  • Davomiyligi: 8 ta qism.
  • IMDb: 8,0.

Ushbu detektiv mini-serial kichik bir shaharchaga muxbir sifatida yuborilgan Kamil Priker haqida. Bu uning karyerasi uchun ajoyib imkoniyat edi. Ammo u qanday joyga kelib qolganini tasavvur ham qila olmaydi. Shaharchda xavfli “manyak” faoliyat yashaydi, uning qurbonlari orasida bir necha kichkina qizlar ham bor…

Asablarini sinovdan o’tkazishni yaxshi ko’radiganlar uchun yaxshi tanlov.


Семейный брак (2019)

State of the Union

  • Janr: komediya, oilaviy drama.
  • Davomiyligi: 20 ta qism (har biri 10 daqiqadan).
  • IMDb: 7,9.

Tom va Luiza har hafta oilaviy terapevt bilan navbatdagi mashg’ulot oldidan pabga borishadi. 10 daqiqadan iborat qisqa epizodlar davomida qahramonlar nikohlarini saqlab qolish kerakmi yoki yo’qligini aniqlashga harakat qilishadi.

Serial faqat ikki bosh qahramon o’rtasidagi uzoq dialoglar asosida qurilgan va u “qora hazil"ga to’la.


Гудини (2014)

Houdini

  • Janr: biografik drama.
  • Davomiyligi: 2 ta qism.
  • IMDb: 7,4.

O’zining ajoyib qochishlari bilan mashhur bo’lgan sehrgar Garri Gudinining yuksalishi va qulashi haqidagi mini-serial. Uning hayoti hayratlanarli darajada yorqin edi: illyuzionist afsonaga aylanish va hatto Artur Konan Doyl hamda Grigoriy Rasputin kabi odamlar bilan uchrashish imkoniyatiga ega edi.

Gudini rolini o’zining ajoyib mahorati bilan tanilgan aktyor, Oskar mukofoti sovrindori Edrien Broudi ijro etgan.


11.22.63 (2016)

11.22.63

  • Janr: fantastik drama, detektiv, triller.
  • Davomiyligi: 8 ta qism.
  • IMDb: 8,2.

Ingliz tili o’qituvchisi Jeyk Epping Kennedining o’ldirilishining oldini olish uchun o’tmishga sayohat qiladi. Biroq, u tarixni o’zgartirish unchalik oson emasligini hali bilmaydi.

Ushbu serial J. J. Abrams jamoasi tomonidan Stiven Kingning shu nomdagi romani asosida suratga olingan.


И никого не стало (2015)

And Then There Were None

  • Janr: kriminal, triller, drama, detektiv.
  • Davomiyligi: 3 ta qism
  • IMDb: 7,8.

E’tiborsiz qoldirish mumkin bo’lmagan yana bir triller. Syujet orolga anonim taklifnomalar asosida kelgan sakkiz kishi haqida. Ma’lum bo‘lishicha, ularni taklif qilgan kishi bu yerda yo‘q. Xizmatkorlar kelgan mehmonlar uchun oldindan yozib olingan ovozni qo’yib berishadi, unda noma’lum inson ularni qotillikda ayblaydi. Mehmonlar orolni tark eta olmaydi, ular tuzoqqa tushib qolishgan…


Bonus:

Человек против пчелы (2022)

Man vs. Bee

  • Janr: komediya.
  • Davomiyligi: 9 ta qism (har biri 10 daqiqa).
  • IMDb: 6,7.

Mister Binni sog’inganlar uchun maxsus. Rouen Atkinson va Netflix birgalikda mini-serial suratga olishdi. Rouen Atkinsonning ashaddiy muxlislariga bu serial ikki xil ta’sir qilishi mumkin. Kimlardir mini-serial muvaffaqiyatsiz chiqqanini aytsa, yana boshqalar Rouen Atkinson qatnashgan boshqa komediyalar kabi mazza qilib tomosha qilishganini aytishadi. Umuman olganda, “Man vs. Bee” hordiq chiqarish uchun yengil serial qidirayotganlar uchun yaxshi variant. “Tom va Jerri” fanatlariga, ehtimol, ko’proq yoqishi mumkin.

Nazarbek Nazarov
Muallif
Nazarbek Nazarov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ