Yevropa kinofestivali Toshkent va Buxoroda 15ta kino durdonasini taqdim etadi

E’lon qilingan sana· 1 859
Yevropa kinofestivali Toshkent va Buxoroda 15ta kino durdonasini taqdim etadi

Toshkent va Buxoro shaharlarida 1−5-oktyabr kunlari “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida 8-Yevropa kinofestivali o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda Yevropa ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi.

Dastur Yevropa yakdilligini ifoda etuvchi 15ta turli janrdagi filmini o‘z ichiga oladi. Filmlar asl tilida, subtitrlar bilan namoyish etiladi. Yevropa kinofestivaliga kirish — bepul. Unda Avstriya, Belgiya, Xorvatiya, Estoniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Vengriya, Italiya, Malta, Portugaliya, Ruminiya, Sloveniya, Ispaniya va Ukraina kabi Yevropa mamlakatlarida suratga olingan kartinalar namoyish etiladi.

Bu kartinalar o‘ylashga undaydi va ekologik halokatlar, qarilik va yolg‘izlik muammolari, otalar va bolalar o‘rtasidagi murakkab munosabatlar, ota-onadan alohida bo‘lish, madaniyatdagi tafovutlar, jamiyatdagi bosim va inson ruhiyatining qorong‘u jihatlari kabi chuqur mavzularni yoritadi, deya ta’kidlanmoqda.

Namoyishlar Toshkentda 1−3-oktabrda “Yulduz” kinoteatrida, Buxoroda esa 3−5-oktabrda “Buxoro” kinoteatrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Festival doirasidagi filmlar:

  • “Mening fikrlarim jim” (Ukraina, 2019) noyob syujeti va postanovkasi uchun turli kinofestivallar sovrinlari bilan taqdirlangan;
  • “Lutsu” (Malta, 2021) Sundance kinofestivalida tandqidchilar e’tirofiga va sovrinlarga, jumladan aktyorlik mahorati uchun hay’atning maxsus sovriniga ega bo‘ldi;
  • “Sanremo” (Sloveniya, Italiya, 2020) hissiy chuqurlik va bayon uslubi uchun yuksak baho olgan;
  • “Dilili Parijda” (Fransiya, 2018), Mishel Oseloning animatsion filmi, animatsiya va bayon uslubi uchun e’tirof etilgan;
  • “Tun ertaklari” (Fransiya, 2011), hayratlanarli vizual effektlarga ega animatsion film, animatsiya festivallarida e’tirof qozongan;
  • “Menga turmushga chiq” (Belgiya, 2014) turfa xalqaro kinofestivallar hay’atlari tomonidan yuksak baholangan.